1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
14
borilmoqda. Xozirgi kunda O’zbekiston turli sohalarda, shu jumladan iqtisodiy sohada xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qancha konventsiya va kelishuvlarni imzoladi, ko’pgina obro’li xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’ldi. O’zbekiston tashqi savdoni uzoq xorijiy davlatlarning 38 tasi bilan juda qulay tartib asosida olib boradi, 34 tasi bilan «Investitsiyalarni ximoya qilish va o’zaro rag’batlantirish to’g’risida kelishuv imzolangan. Sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan davrida O’zbekiston jahon bozorida mustaqil ish yuritish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun isloxotlarning dastlabki davrida muxim vazifalar sifatida respublikaning tashqi iqtisodiy majmuasini shakllantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning yangi mexanizmini yaratish maqsad qilib qo’yildi. O’zbekiston iqtisodiyotining dunyo xo’jaligiga munosib kirib borishi strategiyasi respublikaning iqtisodiy potentsialini hisobga olgan holda ishlab chiqildi, va u davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirildi. Ayni paytda, iqtisodiy islohotlar raqobatli ichki bozorni yaratish va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish bilan muvofiq ravishda olib borildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning birinchi bosqichida muhim masalalarni o’z ichiga olgan normativ asoslar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Birinchidan, korxonalarning mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqish huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yildi. Ikkinchidan, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, hamma xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tashqi bozorga chiqishda bir xil sharoitlar yaratildi. Ayni paytda, umumdavlat eksport resurslari sifatida paxta va ipak tolasi, qorako’l terisi, rangli metalllar, marmar, oltin, tabiiy gaz va boshqa tovarlar eksport qilish davlatning ixtiyorida qoldi. Umuman tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning qat’iy nazorati ostida bo’lib, ko’pchilik eksport va import operatsiyalariga tarifli va notarif tartibga solish choralari qo’llaniladigan bo’ldi. Bozor munosabatlari va xo’jalik yuritish mexanizmining ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari shakllanishi mobaynida respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning ma’muriy usullaridan voz kechilib, iqtisodiy choralar orqali faoliyat olib borildi. Tashqi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling