1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
15
iqtisodiy aloqalar jahon iqtisodiyotining, avvalo tashqi savdoning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Tashqi savdo juda qadim-qadimlarda vujudga kelgan bo’lib, natural xo’jalik yuritishga asoslangan jamiyatlarda uning taraqqiyoti juda past sur’atlarda yuz bergan. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi bosqichlar O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: - eksport va import operatsiyalarni markazdan boshqarishdan voz kechish; - davlatga zarur tovarlar eksporti va importi ustidan nazoratni kuchaytirish; - davlat uchun strategik muhim bo’lmagan tovarlar importini qisqartirish; strategik muhim tovarlar eksportidan tushadigan valyuta daromadlari ustidan nazoratni kuchaytirish; - chet el investitsiyalarini jalb qilish va eksport faoliyatini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatini har tomonlama rag’batlantirish. Shunday qilib, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyati bozor munosabatlariga va dunyo iqtisodiy integratsiya makoniga qo’shilish talablarini ehtiborga olgan holda, yangi normativ - huquqiy asoslarga va davlat boshqaruvining mexanizmiga tayanadi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy taraqqiyotining hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aql- zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’ziga xos yo’limiz va dasturimizni muvoffaqiyatli amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi, tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liq. O’zbekistonning savdo-iqtisodiy munosabatlari sohasidagi yangi siyosati jahonning ko’plab mamlakatlari bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda o’z ifodasini topmoqda. Chet el davlatlari bilan o’zaro munosabatlarda respublika milliy manfaatlarini amalga oshirishning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, savdo- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling