1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1235066
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Omonov Amaliy geogrfiya

13 
 
3.
 O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY SALOHIYATI VA 
IMKONIYATLARI 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan iqtisodiyotda 
mikro va makrotahlil bilan bir qatorda alohida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy tizim 
sifatida mamlakat hududlarini (mintaqalarini) o’rganish boshlandi.
Har bir fanda shu fanning tub mohiyatini ochib beruvchi tushuncha bo’ladi. 
Jumladan, biologiyada - xujayra, matematikada - son, fizikada - materiya va 
energiya, mintaqaviy iqtisodiyotda esa bunday tushuncha hudud va mintaqadir. 
«Hudud» - yer sharining ma’lum bir qismi bo’lib, o’zining geografik holati va 
boshqa tabiiy belgilariga ko’ra boshqa hududlardan ajralib turadi. Hudud 
tushunchasini akvatoriya (yer sharining suv bilan qoplangan bir qismi), aerotoriya 
(er shari atmosferasining bir qismi) kabi tushunchalar to’ldiradi.
Ayni vaqtda hudud, akvatoriya va terotoriya tushunchalari birgalikda 
geotoriya tushunchasini hosil qiladi. Hudud tushunchasining g’oyat murakkab va 
kattaligi uni mintaqalarga bo’lib, o’rganishni taqozo qiladi. Mintaqa (region) - 
lotincha so’z bo’lib, ilmiy iste’molga ingliz tilidan kirib kelgan va 100 dan ortiq turli 
mazmunda talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlar va 
tadqiqotlarda mintaqa tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy, siyosiyharbiy va 
ekologik tizim sifatida quyidagi: 1) dunyo xo’jaligi va umumbashariy muammolar, 
giosiyosiy va hududiy takror ishlab chiqarish; 2) megaiqtisodiyotda - makroiqtisodiy 
va mikroiqtisodiy tahlil yondashuvlarida keng qo’llanilmoqda. Mintaqaviy 
siyosatning - zaruriyati bir vaqtning o’zida barcha hududlar iqtisodiyotini bir 
darajada rivojlantirib bo’lmasligidan kelib chiqadi. Binobarin, mintaqaviy siyosat 
rivojlanishi mumkin va mamlakat uchun muhim bo’lgan ustuvor yo’nalish va 
tarmoqlarga 
qaratiladi. 
Shu 
mazmunda 

mintaqaviy 
iqtisodiyotning 
harakatlantiruvchi kuchi, amaliy (konstruktiv) yo’nalishi hisoblanadi; mintaqaviy 
siyosat hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi vaziyatni dinamik holda 
muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishga harakat qiladi. 
O’zbekistonda dunyoning hamma mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy 
aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishning izchil siyosati olib 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling