1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1235066
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Omonov Amaliy geogrfiya

23 
 
sal’doning asosiy qismi 2003-yilni ijobiy natijalar bilan ta’minlanganligi bilan 
bo`g’liq. Respublikada tashqi faoliyat, avvalo tashqi iqtisodiy aloqalarning 
yo’nalishlari, tovar ayribo`shlash, sarmoyalar hajmini ko’paytirish hamda valyo`ta 
operatsiyalarini chuqurlashtirish yo’lida dastlabki yillardanoq muvaffaqiyatli ish 
olib bo`rilganligi ma’lum.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston tashqi savdo aloqalarining 
eng muhim yo’nalishi – eksportning 83 foizidan ziyodroq qismi sobiq Ittifoq 
respublikalari bilan amalga oshirilgan bo`’lsa, bugungi kunda ushbu ko’rsatkichning 
74 foizdan ortiq qismi uzoq xorij bilan va faqat 26 foizga yaqini esa yaqin xorij bilan 
amalga oshirildi. Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda strategik vazifalarni 
belgilash orqali xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga 
o’tish, korxonalarni eng yangi uskunalar bilan qayta ta’minlash jahon talablari 
darajasidagi raqobatbardosh mahsulot yetkazish imkonini berdi.
O’zbekistonda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda 
o’zaro manfaatdorlikni ta’minlashga alohida e’tibo`r berildi va natijada unga xos 
asosiy tamoyillar tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish uchun 
beqiyos imkoniyat yaratib berdi. Milliy iqtisodiyotda tashqi iqtisodiy aloqalarning 
ustuvor ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda, eksport salohiyatidan yana ham 
to’la va majmuali foydalanish – bugungi kunning, shuningdek, yaqin kelajakning 
dolzarb masalasi hisoblanadi. 


24 
 
5.O`ZBEKISTONNING MAKRO, MEZO VA MIKRO IQTISODIY 
GEOGRAFIK O`RNI 
O‘zbekistonning mikroiqti sodiy geografi k o‘rni (hududning o‘ziga qo‘shni 
bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o‘rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu 
holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o‘rtasida joylashganligi 
va barcha mintaqa davlatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegaradoshligi tufayli kelib 
chiqadi.
O‘zbekistonning mikro IGO‘ qulayligi qo‘shni respublikalar bilan barcha 
turdagi quruqlik transporti (avtomobil, temiryo‘l, quvur) tuzilmalari bilan 
nisbatanyaxshi bog‘langanligida ham o‘z ifodasini topadi. Mikro IGO‘dagi bunday 
qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O‘zbekistonni mintaqa davlatlari orasida 
aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga 
olib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov «O‘zbekiston 
ХХI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikrni keltirgan: «O‘zbekistonning hududiy 
makon xususiyatlari, u ning geografi k o‘rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni 
tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘izston, 
Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini 
o‘taydi. Bularning barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, 
chet el investitsiyalarini jalb qilish, O‘zbekistonni davlatlar o‘rtasida o‘zaro foydali 
hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o‘zida xos mintaqaviy markaziga 
aylantiradi». O‘zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har 
birqo‘shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda 
(Farg‘ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) 
hozirgi davrda ko‘plab turli ixtisosdagi respublikalararo hududiy ishlab chiqarish 
majmualari, qo‘shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil 
qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan 
transchegaraviy daryolar va yo‘llar muammolari hal etilishi respublika 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling