1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Oʻzbekiston Respublikasining asosiy hamkor davlatlarga amalga oshirgan import hajmlari


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1235066
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Omonov Amaliy geogrfiya

 
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy hamkor davlatlarga amalga oshirgan import hajmlari 
va oʻsish sur’atlari (yanvar-mart,) 
Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 49,3 % ulush 
bilan 3 637,8 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,7 
% ulush bilan 50,3 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. So’nggi yillar davomida tashqi 


18 
 
iqtisodiy aloqalar ko’lami, hajmi oshdi, geografiyasi ancha kengaydi. O’zbekiston 
tashqi iqtisodiy aloqalarida bozor munosabatlariga xos bo’lgan barcha jihatlarni 
o’zida mujassamlashtirgan “ochiq eshiklar siyosati”ga tayanish eksport–import 
jarayonlari haqqoniy rivojlanishiga, respublikaning jahon iqtisodiy, ijtimoiy
siyosiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy hamjamiyatiga kirishi va unda o’ziga munosib 
o’rinni egallashiga sharoit yaratmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiy aloqaga ega bo’lmagan biror-bir qit’a 
va materik qolmadi Shu bilan birga, ularga xos ko’rsatkichlar o’rtasida keskin 
farqlar mavjudligini ta’kidlab o’tish lozim. Bunda geografik va ayniqsa iqtisodiy 
geografik omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Osiyo xaritasida yangidan paydo bo’lgan davlat bo’lsa ham, u 
Yevropa qit’asi bilan uzviy iqtisodiy aloqalarga ega. Uning importdagi roli ham 
ulkan. Bunday holat tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy talabi – imkoniyati boricha 
yuqori texnika va ilg’or texnologiyaga ega bo’lgan, rivojlangan mamlakatlar bilan 
eksport–import operatsiyalarini rivojlantirish maqsadiga tamomila to’g’ri keladi. 
Respublikamiz tashqi iqtisodiy aloqalarida transport kamunikatsiyasining o’rni 
alloxida axamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari qatori, 
xalqaro kommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, muqobil transport yo’laklari 
tashkil etishni o’z milliy manfaatlarini ta’minlash strategiyasida birinchi o’ringa 
qo’ymoqda. Transport yo’lagi – oddiy temir yo’l tarmog’i emas. U transport 
infratuzilmasi bilan bir qatorda, o’zaro bog’langan va bir-birini ta’minlovchi 
unsurlar, chunonchi: shahar aglomeratsiyalari, intensiv qishloq xo’jaligi, sanoat va 
servis zonalari, telekommunikatsiyalar va moliya muassasalari, energiya va suv 
ta’minoti, mehnat resurslari majmuini o’z ichiga olgan murakkab tizimni tashkil 
etadi. Bu, shuningdek, xalqaro transportda yuk va yo’lovchi tashishni tartibga 
soluvchi qonunlar va normativ hujjatlarning unifikatsiya qilingan tizimi hamdir. 
Nihoyat, transport yo’lagini shakllantirish transport tizimi – temir yo’l izlari 
orasining kengligi, yuklash-yuk tushirish operatsiyalarining ko’rsatkichlari va 
hokazolarning yagona standartlarini joriy etishni nazarda tutadi. Loyiha kelajakka 



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling