Tashqi savdo hajmlari soliqlar
Download 19.95 Kb.
|
oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili
I Tashqi savdo siyosati mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan choratadbirlar majmuasi bo'lib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan mahsulotlami oqilona import siyosati hisobiga to'ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo'lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar, import yoki ekspoftni to'g'ridan-to'g'ri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega bo'lishi mumkin. Jahon Savdo Tashkiloti (WTO)— 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT ning davomchisi hisoblanadi. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyiliSavdoda diskriminatsiyani yo’qligi Savdo to'siqlarini kamaytirish Xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni oshirish Kam rivojlangan mamlakatlar uchun xalqaro savdodagi imtiyozlar Savdo shartlarining barqarorligi va prognozliligi II Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; tashqi savdo faoliyati; chet el investitsiyalarini jalb qilish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati. III O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo‘lgan huquqlarni qo‘yish bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari harakatlarining yig‘indisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; valyuta bilan tartibga solish; soliq bilan tartibga solish; tarif va notarif tartibga solish; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash; tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish; Download 19.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling