1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
16
iqtisodiy hamkorlik bo’yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar faoliyati hisoblanadi. Hozirda bunday komissiyalar 40 dan ortiq mamlakatlar bilan tashkil etilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston 179 ta mamlakat bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan. Ularning orasida Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Shvedsariya, Turkiya, Frantsiya, Yaponiya, Eron, Gollandiya, MDH mamalakatlari – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Turkmaniston kabi mamlakatlar alohida o’rin tutadi. 2012 yil yakuniga ko’ra, mamlakat tashqi savdo oboroti hajmi qariyb 26,2 mlrd. AQSH dollariga teng bo’lgan. SHuning 47 foiz MDH mamlakatlari bilan, qolgan 53 foizi uzoq xorij mamlakatlari bilan amalga oshirilgan savdo-iqtisodiy aloqalarga tegishli. 2012 yilda mamlakat eksportining umumiy hajmi 14,2 mlrd. AQSH dollariga teng bo’lib, uning 54 foizi MDH zonasida amalga oshirilgan. 2012 yilning o’zida 95 xil turdagi eksportga yo’naltirilgan yangi tovarlar ishlab chiqilishi yo’lga qo’yildi va uning umumiy qiymati 257,9 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Natijada, bugungi kunga kelib, O’zbekistonning xalqaro bozorga taklif qilayotgan tovar va xizmatlari 1930 turdan ortiqni tashkil qilmoqda. 1-Jadval 2001-2012 yillarda O’zbekiston eksportining tarkibiy o’zgarishi, foizda. Mamlakat eksporti tarkibida tayyor mahsulotlar ulushida ham keyingi yillarda sezilari yutuqlar ko’zga tashlanadi. Jumladan, 2001-2012 yillar davomida jami eksportdagi iste’mol tovarlari ulushi 1,7 martaga, kimyoviy mahsulotlar ulushi 2,2 martaga, mashina va asbobuskunalar ulushi 1,8 martaga oshgan . 2012 yilda O’zbekistonga chetdan keltirilgan import tovar va xizmatlari umumiy qiymati qariyb 17 12,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bu yalpi tashqa savdo aylanmasining 46,2 foiziga teng. 2-Jadval Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling