1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
6
Tojikistonga, 1069 km Qirg`izistonga va 137 km Afg`oniston Respublikasiga to`g`ri keladi.Respublika hududi g`arbdan sharqqa 1425 kilometrga cho`zilgan, shimoldan janubga bo`lgan masofa esa - 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho`qqisi (Hisor tizmasi) - dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq cho`kmasi (Qizilqum cho`li) - minus 12 m. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining Orol dengiziga tutash qismida, 45 0 61 sh.k., janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqinida - 37°11` sh.k., g`arbiy nuqtasi Ustyurtda - 56° 00` shq.u. va sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining chekkasida 73° 10` shq. uzoqlikda joylashgan. Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlang, undan oddiy chegara chiziqlariga ega bo`lgan davlatlarni toping va ularning tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlang. Ayni vaqtda bu ma`muriy, ko`rinishlarda sun`iy ko`rinishdagi chegara chiziqlarining geografik yaxlit (kompleks), Gumboldtchasiga fikrlash, tabiiy geografik jarayonlarni to`liq tushunib olishga salbiy ta`sirini ham unutmang. O`zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan bog`lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo`shni davlat ichkarisida joylashib qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg`ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav xususiyatga ega bo`lgan bo`lsa, Farg`ona viloyatining So`x tumani yoki Shohimardon maskani eksklav holatda joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o`ringa ega bo`lgan hududlar ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi. O`zbekiston o`zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo`yicha dunyo mamlakatlari orasida o`rtachadan yuqoriroq pog`onani egallaydi Yer yuzasining har bir davlatiga o`rtacha 5,5 mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni to`g`ri keladi. Hududning ko`lami bo`yicha mamlakatimiz Shvetsiya, Iroq yoki Marokashga taxminan teng, demografik salohiyati nuqtai nazaridan esa u Saudiya Arabistoni, Nepal, Peru, Venesuela, Malayziya kabi davlatlar qatorida turadi va jahon hamjamiyatida 41-o`rinni egallaydi. Har bir mamlakatning geosiyosiy tuzilmasi, butligi uning ichki ma`muriy hududiy qismlari, mintaqaviy boshqaruv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling