1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
-22-
ajdodlarimiz hayotida dehqonchilikning tutgan o‘rnidan guvohlik beradi. Haqiqatdan ham o‘sha vaqtlarda don, moy beruvchi o‘simliklar yetishtirish, polizchilik, bog‘dorchilik kabi sohalar rivojlanganini olimlar isbotlab berishgan. Mazkur davr ijtimoiy munosabatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Avesto”da (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) kohinlar, harbiylar, dehqonlar hamda hunarmandlar kabi ijtimoiy tabaqalar tilga olinadi. Amir Temur va temuriylar zamoni davlatchilik siyosati, boshqaruv tizimini ko‘rib chiqmoqchi ekanmiz, davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo‘lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik yotganini eslatib o‘tish g‘oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir jamiyat va xalq “boshiga bir marta bitilgan bo‘ladi”. Shu ma’noda o‘zbek davlatchiligi miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o‘z tarixini boshlab to Amir Temur davlatimiz tepasiga kelgunga kadar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo‘lini boshqaruviga turli sulolar (bugungi tilda aytganda siyosiy partiyalar) kelib ketdi. Ularning faoliyati turli zamonlarda, turli ob’ektiv-sub’ektiv shart-sharoitlarda turlicha kechdi. Biz mazkur masalaga urg‘u berayotganimizning bir necha sababi bor. Birinchidan, biz Amir Temur davlati, Temuriylar davlati kabi keng tarqalgan tushunchalarga qarashimiz. Zero, davlatchilik asoslari yagona bo‘ladi. Demak, Amir Temur davlati emas, o‘zbek davlatchiligining Amir Temur boshqargan bosqichi deyilsa, har taraflama haqiqatga mos tushadi. Ikkinchidan, Amir Temur davlati tushunchasi davlatchiligimizning ham ungacha bo‘lgan, ham undan bo‘lgan, ham undan keyingii taraqqiyot yo‘lini uzib qo‘yadi (bu fikr boshqa sulolaviy davlatlarga ham tegishli, albatta). Bu o‘z o‘rnida, bir tomondan, tarixni soxtalashtirsa, ikkinchi tomondan, davlatchiligimiz tarixidagi bosqichiy jarayonlar, masalan yana o‘sha Amir Temur davri mohiyatini anglashni qiyinlashtiradi. Zero, hatto sof ilmiy nuqtai nazardan olganda ham mushohada jarayonida kuzatilganidagina to‘lqinlanadi, xulosa uchun imkon yaraladi. -23- Uchinchidan, biz o‘zbek davlatchiligi mohiyati va imkoniyatlari haqida qanchalik so‘zlamaylik, agar uning amaliy ifodasining guvohi (bugungi kun nuqtai nazaridan esa quruvchisi) bo‘lmas ekanmiz, gap-gapligicha qolaveradi. Shu ma’noda Amir Temur davri davlatchiligimizning mohiyati va imkoniyatlari ko‘lamini amalda yuzaga chiqarib berganligi bilan ham g‘oyatda muhimdir (albatta, o‘z davri sharoitida). Shunday qilib, Amir Temur davriga qadar o‘zbek davlatchiligi 2100 yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan ekan, shunga ko‘ra biz birinchi xulosani qilishimiz mumkin. Amir Temur davri davlatchilik, tizimi muayyan bir o‘tmishga, an’analar, tajribalar, saboqlar qonuniyatlarga asoslangan holda tashkil kilingan. Shu yerda haqli savol tug‘uladi: bu o‘tmish yo‘l qonuniyatlari, tajribalari, ya’ni davlatchilik asoslari nimalarda o‘z aksini topgandi va Amir Temur davlatimizga rahbarlik qilgan yillari ularga qanday munosabatda bo‘lindi? Savolni shu tariqa qo‘yish nihoyatda muhim. Zero, bizning tushunchamizda davlat arbobi, siyosatchi salohiyati (va bundan kelib chiqadigan buyukligi), eng avvalo, uning davlatchilik asoslarini nechog‘lik teran anglab olishi va amalda unga rioya eta bilishi bilan belgilanadi. Bu g‘oyatda og‘ir vazifadir. Amir Temurning davlat boshqaruvi, davlatchilik va harbiy siyosat borasidagi haqiqatlarini lo‘nda tarzda yoritishga urinib ko‘ramiz. Chingiziylarning o‘lkadagi hukmronligi barcha sohalar taraqqiyotida salbiy asorat qoldirgani haqida so‘z aytdik. Davlat boshqaruvi sohasi ham bundan mustasno emas. Umuman boshqa, ko‘chmanchi shart-sharoitda shakllangan siyosiy dunyoqarash va tarbiya chingiziy namoyandalar uchun mahalliy boshqaruv an’analarini qabul etishga yo‘l bermasdi. Shu sababdan ham avvalgi davrlarda kechgan davlatchilik boshqaruvidagi ko‘p asrlik tajriba va an’analar chingiziylar hukmronligi zamonida amalda o‘z davomiyligini topa olmadi. Agar bu davr bir yarim asr kechgani nazarda tutilsa, shu sohadagi ahvol nechog‘lik og‘irlashib qolgani ma’lum bo‘ladi. Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u 150 yil uzoq bir davr o‘tib, shuning orasida odatlar, an’analarda kattadan-katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lib kelgan -24- o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining (biz hatto ilmining degan bo‘lardik) klassik namunalarini qaytadan tiklay bildi. Nihoyatda mushkul bo‘lgan bu vazifani u donolik bilan hal eta oldi. Demak, Amir Temur davrida boshqaruv ikki idora: dargoh va devonlarga (vazirliklarga) bo‘lingan. Dargoh – eng oliy idorasi. Uning boshlig‘i ham tabiiy ravishda davlatning oliy hukmdori. Amir Temur davlat tepasiga kelgandan so‘ng chingiziylardan bo‘lmish Suyurg‘atmishni xon, ya’ni oliy hukmdor deb e’lon qilgani ma’lum[4,293]. Shu bilan birga Suyurg‘atmish “soxta xon” mavqeida bo‘lib, amaldagi hokimiyat Sohibqiron ixtiyorida bo‘lganini ham bilamiz. Nima uchun shunday qarama-qarshilik yuzaga kelgandi, savoli tug‘iladi. Chingiziylarning 150 yillik hukmronligi mamlakat hayotida katta ta’sirga ega bo‘lganini ta’kidlagan edik. Siyosiy munosabatlar, qarashlar, odatlar jamiyatning eng qaynoq sohalaridan biri sifatda yangilik va o‘zgarishlarga boy bo‘ladi. Masalan, ulug‘ bobomizning biyobondan qarorgoh qurishini olaylik. Mamlakatimizda asrlar davomida davlat boshlig‘ining qarorgohi shaharlarda qanchalik tabiiy bo‘lib kelgan bo‘lsa, chingiziylar davrida, aksincha, xon biyobondagi qarorgohda turishi kerak, qabilidagi aqida siyosiy muhitga qattiq singib ketgandi. Shunga o‘xshash o‘zgarishlardan bir qanchasi mazkur bu yarim asrlik jarayonida o‘z o‘rnini topib olgandi. Gap ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida emas. Muhimi, Amir Temur davlat tepasiga kelgan paytda ular jamiyat hayotidagi voqelikni tashkil etardi. Sohibqiron bularni nazarda tutmasdan iloji yo‘q edi. Ikkinchi tomondan, 1370-yili mamlakatda Amir Temurdan boshqa ham yana bir qancha qudratli amirlar, ularni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy-siyosiy kuchlar bor edi. Ular ham zimdan yo ochiqchasiga mustaqil siyosat yurgizish, hatto oliy taxtni egallash niyatida bo‘lganlar. Bunday sharoitda Amir Temur o‘zini rasman xon deb e’lon qilolmasdi. Chunki bu raqiblarga bahona bo‘lib, norozilik va xurujlarga turtki bo‘lishi turgan gap edi. Zero, xuddi shu yillar taomiliga ko‘ra siyosiy hokimiyat chingiziylar xonadoni ixtiyorida bo‘lishi kerak edi. Uchinchi tomondan, Suyurg‘atmish xon ko‘tarilgandan hali amir Husayn masalasi hal bo‘lmagandi, aniqrog‘i hal bo‘lish arafasida edi. Amir Husayn esa o‘z vaqtida Qobilshohni (1364), so‘ng Odil Sultonni -25- (1365) rasman xon deb e’lon qilgandi[5,114-260]. Demak, Amir Temur tomonidan Suyurg‘atmishning xon deb e’lon qilinishi Odil Sulton “xonligi”ni, ya’ni amir Husayn hukumronligini bekor etish bilan barobar hisoblanardi. Xullas, mazkur masala o‘sha zamon voqeligidan kelib chiqib Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan. Sohibqiron uchun bu paytda muhimi ham aslida shu edi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling