1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
-28-
Amir Temur zukko siyosatdon va yirik davlat arbobi sifatida “Tuzukoti Temuriy”da o‘z davlatining tuzilishini, uning qay tarzda bo‘lishi kerakligini bayon etadi, mansabdorlarning huquq va burchlarini belgilab beradi. U har bir tojdor o‘z davlatining tayanchi bo‘lgan ijtimoiy–siyosiy guruhlarga suyangan holda ish olib borishi lozimligini “tuzuklari”da bayon etgan. Faqat ularning yordamida raiyat, qo‘shinlar va davlatini idora etishi zarur. Bunday guruhlarga quyidagilar kirgan: 1) Muhammad alayhissalom avlodi bo‘lmish sayyidlar, ulamolar, shayxlar; 2) tajriba orttirgan bilimdonlar; 3) duogo‘y taqvodorlar; 4) amirlar, sarhanglar; 5) sipoh va raiyat; 6) saltanat ishlarini, uning siru asrorlarini bilgan, kengash qilishga munosib oqil, ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib, devon munshiylari; 8) hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9) muhaddislar, roviylar; 10) mashoyix, so‘fiy, oriflar; 11) hunar va san’at ahli; 12) har mamlakatdan kelgan sayohatchi va musofirlar, savdogarlar[3,302]. Temur saltanatida boshqaruv idoralari: dargoh (saroy) va devon (vazirlik)larga bo‘lingan. Dargoh – eng oliy davlat idorasi hisoblangan va u albatta, mamlakat poytaxti Samarqandda joylashgan. Uning boshlig‘i oliy hukmdor, ya’ni Sohibqiron Amir Temurning o‘zi bo‘lib, saltanat ahamiyatiga molik masalalar uning farmoni va hukmi asosida hal etilgan. Shu bilan birga, saltanat hayotiga doir eng muhim siyosiy masalalar oliy tabaqa vakillaridan iborat holda tashkil etiladigan kengashlarda hal etilgan. Kengash maslahat bergan, biroq hukmni Amir Temurning o‘zi chiqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralarini saltanat faoliyati bilan bog‘lab turish ishlarini oliy devon ― “Devoni buzruk” olib borgan. Unga devonbegi boshchilik qilgan. Oliy devonga har kuni ijroiya idoralaridan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hisobot berib turganlar. Dargohdagi muhim vazifalardan biri arzbegi hisoblangan. Unga dargohga arz- dod, shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatdagi o‘z munosabatini bildiruvchilarni -29- qabul qilishni uyushtirish, tushgan arzlar, shikoyat va takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turish vazifasi yuklatilgan. Dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo‘lib, u o‘lka va shaharlarda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida oliy hukmdorga hisobot bergan. Dargohda tavochi lavozimi ham bo‘lib, tavochi oliy farmonga muvofiq, joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘ullangan. Dargohda bosh hojib, hojiblar, rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi, xazinador, xonsolar, jibochi, qushchi, qushbegi, kotiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, tabiblar kabi bir qancha xizmatlar bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur davlatini vazirliklar asosida boshqargan. Amir Temur “Tuzuklari”da vazir tutish tartibi bo‘yicha shunday deb yozgan: “...vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari lozim: birinchisi – asillik, toza nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi – sabr- chidamlilik va tinchliksevarlik [4, 74-75]”. “Tuzuklar”da Amir Temur davlatini yetti vazir boshqargani haqida gap boradi. 1. Mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim ishlarini, kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, mamlakatning obodonligi va aholi farovonligini ma’lum qilib turgan; 2. Sipoh bo‘yicha vazir. Sipohiylarning maoshlari va tanholarini boshqargan, parokandalikka tushib qolmaslik uchun sipoh ahvolidan hukmdorga xabar berib turgan; 3. Egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochib ketganlarga tegishli molk-mulkni boshqargan, zakot va bojlarni to‘plagan; 4. Sarkori xosa, saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinadigan xarajatlardan ogoh bo‘lgan; 5, 6, 7. Sarhadlar va tobe mamlakatlarga tegishli ishlarni boshqaruvchi uch vazirdan iborat hay’at[5,303]. “Tuzuklar”da ta’kidlanganidek, Amir Temur o‘z vazirlariga nisbatan juda ham mehribon bo‘lgan. Shuningdek, ularni ortiqcha siylamaslik lozimligini ta’kidlagan. Amir Temur “Dono vazir – doimo davlat aholisini, xalq baxtini, qo‘shinni -30- kuchaytirishni, to‘kin-sochin boylikni o‘ylaydi. Mansabdor agar u xalq bilan yomon munosabatda bo‘lsa, qilgan aybining muqimligiga muvofiq jarima to‘lashi lozim”, – deb ta’kidlagan. Amir Temur: “Vazir zolim bo‘lsa, saltanat ishlari tez muddatda parokandalikka uchraydi”, – deb ta’kidlagan. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, vazirning vazifalarini taftish etayotganda o‘z vorislariga tuhmat va hissiyotlarga berilmaslikni uqtiradi[6,303]. Agarda vazir davlatga xiyonat qilsa, o‘limga hukm qilingan. Amir Temurning davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa xususida o‘z tuzuklarida batafsil bayon etilgan. Umuman olganda, Sohibqiron Amir Temur saltanati aniq va puxta ishlangan tizimga muvofiq faoliyat yuritgan. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi borasidagi faoliyatidan saboq chiqarish yurt taraqqiyoti va uning xavfsizligini ta’minlash tinchlik va osoyishtalik omili bo‘lib qolaveradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling