1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz 
ro‘yobi yo‘lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020 yil, 1 sentabr 
2. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz 
ro‘yobi yo‘lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tan’tanali 
marosimdagi nutqi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020 yil, 1 sentabr 
3. G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi, 68-bet. 
4. Yazdiy. Zafarnoma, 293-b. 
5. Mu’niddin Natanziy. Muntaxab at-tavorix,114,129, 221, 260-betlar. 
Alimova Shaxlo Bafaevna 
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish hudidiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” 
kafedrasi katta o‘qituvchisi 
BUYUK SOHIBQIRON AMIR TEMUR HUKMRONLIGI DAVRIDA 
DAVLAT BOSHQARUVI 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temur hukmronligi davrida davlat 
boshqaruvi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Amir Temur saltanatining boshqaruvida 
o‘n ikki qoidaga butun hayoti davomida rioya etganligini ta’kidlagan. Temur 


-26- 
saltanatida boshqaruv idoralari dargoh va devonlarning faoliyati, rahbarlikka 
tayinlaganlarining shaxsiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Tayanch atamalar: kengash, mashvaratu maslahat, tuzuklar, amirlar, 
sayyidlar, mashoyixlar, raiyat, qo‘shin, dargoh, devon. 
Sohibqiron Amir Temur Movarounnahrdagi mo‘g‘ul bosqinchilarining 150 
yillik hukmronligiga barham berib, o‘z zamonasining kuch-qudratda tengsiz 
markazlashgan saltanatiga asos solgan. Amir Temur o‘zining 35 yillik hukmronligi 
davrida Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors 
qo‘ltig‘iga qadar g‘oyat katta hududni o‘z ichiga olgan ulkan bir saltanatni vujudga 
keltirgan. Bundan tashqari, yana u Osiyoning janubiy-g‘arbiy tomonlari, Kichik 
Osiyo, Suriya, Misr va shimoliy-g‘arbda Quyi Volga, Don bo‘ylari, shimoliy-sharqda 
Balxash ko‘li va Ili daryosi bo‘ylari hamda janubiy-sharqda Shimoliy Hindistongacha 
bo‘lgan hududlarni o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Temur zamonasining buyuk saltanatinini barpo qilgan bo‘lsa-da, ammo u 
umrining oxirigacha o‘zini bu davlatning «qonuniy» xoni deb e’lon qila olmagan. 
Chunki, u nasl-nasabi jihatidan bevosita chingiziylar sulolasiga mansub emas edi. 
Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Temur avval 
o‘z huzurida Movarounnahrning Chingizxon avlodidan bo‘lgan o‘ttizinchi xoni 
Suyurg‘atmishni (1370-1388) uning vafotidan keyin esa Suyurg‘atmishning o‘g‘li 
Sulton Mahmudxonni (1388-1402) rasmiy xon qilib ko‘tarib, hatto umrining 
oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartirgan, pullar zarb ettirgandi. Ammo har 
ikki xon ham nomigagina «xon» bo‘lib, davlatning siyosiy hayotiga va Temur bergan 
farmoyishlarga mutlaqo aralashmasdilar. Shunga qaramasdan, Temur mamlakatda 
o‘zining bevosita hukmronligiga qonuniy tus berish va uni mustahkamlab olish 
maqsadida chingiziylar avlodidan bo‘lgan Qozonxonning qizi Saroy Mulkxonimga 
uylandi. 1370 yilda Saroy Mulkxonim bilan bo‘lgan nikoh tufayli Temur o‘zining 
amirlik darajasiga «ko‘ragon», ya’ni «xonning kuyovi» unvonini qo‘shib oldi va 


-27- 
rasmiy hujjatlarda «Amir Temur ko‘ragoniy» nomi bilan yuritilishiga musharraf 
bo‘ldi. 
Amir Temur buyuk davlat arbobi, siyosatchi, o‘tmish davlatchilik tajribalariga 
asoslanib o‘ziga xos davlat boshqaruviga asos soldi. “Temur tuzuklari”ga muvofiq, 
Sohibqiron Temur “Davlat ishlarining 9 ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan 
bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim”, – deb ta’kidlagan. Darhaqiqat, 
Amir Temur yuritgan saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgan, ya’ni: 1) kengash; 
2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror; 4) ehtiyotkorlik[1,14]. 
Sohibqiron Amir Temur saltanatining boshqaruvida va uni yanada 
mustahkamlashuvida “tuzuklari”dagi o‘n ikki qoidaga butun hayoti davomida rioya 
etganligini ta’kidlagan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 
1. Islom dini va shariat qonun-qoidalariga rioya qilishi, uni qo‘llab-quvvatlash. 
2. Saltanatning ustunlarini tashkil etgan o‘n ikki tabaqa va toifadagilar bilan 
bamaslahat ish ko‘rish, siyosat yurgizish. 
3. Maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyor-ehtiyotkor bo‘lish. 
4. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqarish. 
5. Amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularga izzat va 
hurmat ko‘rsatish, martaba va unvonlarini hurmatlash.
6. Adolat va insof bilan siyosat yurgizish. 
7. Sayyidlar, ulamo-yu mashoyixlar, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni 
izzat-hurmat qilish. Fan va madaniyatga homiylik qilish. 
8. Biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo‘lsa, unga butun vujudi bilan 
kirishish va uni oxiriga yetkazish. 
9. Raiyat (oddiy xalq) ahvolidan doimo ogoh bo‘lish. 
10. Turk, tojik, arabu ajamning turli toifalariga do‘stona munosabatda bo‘lish. 
11. Barcha qarindosh-urug‘ bilan martabasidan qat’iy nazar yaxshi 
munosabatda bo‘lish. 
12. Sipohilarga, qo‘shinga e’tiborli bo‘lish[2, 53-57]. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling