1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Список литературы:
1. Послание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису 24.01.2020. Газета «Халк сузи», 25 января 2020 года. 3. Правила Тимура в переводе с персидского Алихона Согуни и Хабибулло Кароматова. Т., 1991. 4. Ибн Арабшах, Аджоиб аль-макдур фи Таймур (Чудеса судьбы в истории Тимура). Т., 1992. -216- Bakayev Zoir Zarifovich, Avezov Tohir Ochilovich Buxoro viloyat XTXQTMO hududiy markazi, AKT o‘qituvchilari. YANGI O‘ZBEKISTON – PORLOQ KELAJAK SARI QADAMLAR Annotatsiya. Maqolada Uchinchi Renessans” mohiyati, dolzarb muammolar, takliflar va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: “Uchinchi Renessans”, milliy hunarmandchilik asoslari, Buxoro san’at maktabi, takliflar. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning matbuotga bergan intervyusida “Uchinchi renessans” va Yangi O‘zbekiston tushunchalariga atroflicha ta’rif berilgan. O‘tmishda yashab o‘tgan, ma’naviyatimiz va ma’rifatimizga, shuningdek, millat va xalq hayotining barcha jabhalariga ulkan mehnati va ijodiy salohiyatini baxsh etgan ulug‘ ajdodlarimizning ulkan xizmatlarini e’tirof etgan holda tarixiy haqiqatning saqlanib qolganligini ta’kidladilar. “Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umumiy harakatga aylanib borayotgan, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz”, – deb ta’kidladi muhtaram Prezident[1]. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg‘oniish davriga-Birinchi (ma’rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo‘lgan…. “Bu-jahon ilm-fanida o‘z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir”, – deya qo‘shimcha qildi Prezident[1]. “Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi renessans” so‘zlari -217- hayotimizga o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda”, – deya xulosa qildi davlat rahbarimiz[1]. Yaqinda chop etilgan, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, senator Murtazo Rahmatov hamda akademik, biologiya fanlari doktori, professor Bakridin Zaripov hammuallifligidagi “Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” nomli kitobida ham ayni haqiqatlar haqida to‘liq va mukammal tasavvurlar, shiddatli islohotlar, yangi muvaffaqiyatlar, Prezidentimiz tashabbuslari, xalqimizning ulug‘ maqsadlar sari intilishi haqida fikr yuritiladi[2]. Shunday ekan, xalqimizning azaliy qadriyatlari, milliy hunarmandchilik asoslari, ilm-fan va madaniyat yutuqlari asoslarini saqlab qolish va rivojlantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda, degan fikrdamiz. Shu maqsadda azaliy an’analarimizni hurmat qilgan holda, quyidagi takliflarni kiritmoqchimiz. 1. Viloyatimizning har bir hududida ustuvor hunarmandchilik va boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha markazlar tashkil qilish. 2. Buxoro san’at maktabi azaldan rivojlanib kelgan. Shu munosabat bilan qadimiy an;analar va milliy hunarmandchilik asoslarini saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida turkum kitoblar tayyorlash va chop etishni taklif qilamiz. Turkum kitoblar loyihasi: 1. Tasviriy san’at; 2. Kulolchilik va xalq amaliy san’ati (haykaltaroshlik; 3. Yog‘och o‘ymakorligi; 4. Ganchkorlik; 5. Misgarlik (kandakorlik; 6. Zargarlik; 7. Me’morchilik (arxitektura); 8. Xattotlik va poligrafiya; 9. Zardo‘zlik; 10. Qorako‘lchilik; -218- 11. Kashtachilik va milliy (buxorcha) liboslar san’ati; 12. Musiqa madaniyati; 13. Ashula va raqs san’ati; 14. Musiqiy asbobsozlik; 15. Chilangarlik; 16. Do‘ppi va telpakdo‘zlik; 17. Fan va ta’lim; 18. Jismoniy tarbiya va sport; 19. Foto va kino san’ati; 20. Radio va televideniye, OAV va zamonaviy telekommunikatsiyalar; 21. Etnografiya va folklor; 22. Ekologiya atrof muhit muhofazasi. Albatta, bu borada qilinadigan ishlar o‘z-o‘zidan amalga oshishi katta mashaqqatli mehnat talab qiladi. Bu sohada AKTlardan, arxiv va Internetda mavjud resurslardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan: 1. Arxiv ma’lumotlariga murojaat va nusxa yig‘ish; 2. Fotosurat va lavhalar bazasini tashkil etish; 3. Bo‘lajak turkum kitoblar muqovasining dizayni; 4. Kitoblarga kiritiladigan ma’lumotlar tartibini ishlab chiqish; 5. Tarixiy, shaxsiy va oilaviy ma’lumotlarni yig‘ish; 6. Kitoblar sahifalarining poligrafik dizayni; 7. Ma’lumot va materiallarni saralash; 8. Tegishli mutaxassislarni jalb qilish; 9. Arxiv materiallari va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish uchun tegishli ruxsatnoma olish; 10. Kitoblar ustida ishlash va nashrga tayyorlash; 11. Barcha ma’lumotlarni yagona raqamli (kompyuter) bazasiga kiritish. Mazkur harakatlar amalga oshgan taqdirda Buxoro san’at maktabining an’analari saqlanib qoladi, degan umiddamiz. Bu kelajak avlodni milliy qadriyatlarga -219- hurmat, kelajakka ishonch, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, kasb-hunar tanlashda, hunarmandchilikka qiziqishini rivojlantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi, degan fikrdamiz va shunga umid qilamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling