1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-221- 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida “O‘zbekston xalqini, 
millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi[1,6]” 
alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bosh qomusimizning 18-moddasida “O‘zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy 
nazar qonun oldida tengdirlar[1,9]”, – deb keltirilgan. 
Barchamizga ma’lumki yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi 
islohotlar markazida, eng avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinligini 
ta’minlash maqsadi turadi. Shunday ekan fuqarolar manfaatini faqat va faqat tinchlik-
osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitigina birlashtira oladi. 
Respublikamizda millatlararo munosabatlar tizimidagi dolzarb masalalardan biri 
bo‘lgan ta’lim-tarbiya masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada 
respublikamizda 10 mingdan ortiq maktab faoliyat yuritayotgani, shundan 845 ta 
maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta 
maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg‘iz tilida, 7 ta maktabda koryes tilida 
ta’lim berish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan[2,212]. Hech bir mubolag‘asiz shuni aytish 
mumkinki, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi o‘z faoliyati davomida 
mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga 
qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgan haqiqiy do‘stlik uyiga 
aylandi[3,302]. 2017-yil 24-yanvarda Respublika “Baynalmilal madaniyat markazi” 
tashkil etilganligining 25 yilligi munsabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda 
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab: “Bizning Konstitutsiyamiz va 
qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va 
dinidan qat’iy nazar teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. 
Ularda o‘z milliy madaniyati an’ana va urf odatlarini saqlash hamda har tomonlama 
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan[4]”, – deb ta’kidladi. Prezident. 
Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida: “Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni 
rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 137 ta 
milliy-madaniy markaz yetakchi rol o‘ynamoqda. Ular o‘zlarining o‘ziga xos 


-222- 
madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini 
o‘zaro boyitishga, har birimizda ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini 
mustahkamlashga salmoqli hissa qo`shmoqda”, – deb ta’kidladi. 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining beshinchi 
yo‘nalishi sifatida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni 
ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” belgilandi. 
Bag‘rikenglik juda keng tushuncha. Bu so‘z o‘zbek xalqining lug‘atida 
endigina paydo bo‘lgan so‘z emas. U qadim-qadimdan ota-bobolarimizning qon-
qoniga singib ketgan buyuk tug‘yon. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov 
“O‘zbekiston” qasidasida shunday deydi: 
Sen o‘zingsan eng so‘nggi nonin 
O‘zi yemay o‘zgaga tutgan… 
Bundan shuni anglash mumkinki, o‘zbek xalqi shu darajada bag‘rikengki, o‘zi 
yemay o‘zgaga tutadi.
Millatlararo totuvlik haqida gap borar ekan beixtiyor Shuhrat Abbosov 
yaratgan buyuk film, jahon ekranlaridan o‘zining munosib o‘rnini topa olgan va 
o‘zbekning bag‘rikengligini butun dunyo tan olishiga majbur qilgan “Sen yetim 
emassan!” filmini eslamay ilojimiz yo‘q. Bunda Mahkam ota urush yillarida, odamlar 
o‘zlarining bolalari qornini arang to‘ydirayotgan bir davrda, jang bo‘layotgan 
tomonlardan eshelonlarda olib kelingan bolalarning millati, tili, dinidan qat’iy nazar 
o‘z qaramog‘iga oladi. Vanya, Abram, Dzidra, Nadya, Ganka, Lyana, Kolya, 
Sarsenbay, Taras, Renat, Lesya, Marina, Naynov, Barno va Gustav. Bu bolalar turli 
davlatlarda, turli xil oila, turli xil sharoitlarda yashagan bolalar edi. Urush sababli 
kimdir oilasini, kimdir uyini va yana kimdir yaqinlarini yo‘qotgan bir paytda 
“Shoahmedovlar oilasi” ularni bir oila qilib jamladi. Mana o‘zbekning yana bir 
bag‘rikeng ekanligini isbotlovchi dalil.


-223- 
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husaynning
2017-yil 11-may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy 
konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuv 
davomida “Bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali 
kunlarda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlikni turli davlatlar 
tomonidan o‘rnak bo‘lishga loyiq”, – degan so‘zlari ham alohida e’tiborga molikdir.
Mustaqillik yillarida biz erishgan eng katta va bebaho boylik: ko‘p millatli 
xalqimizning har qanday qiyinchilik va sinovlarni yengishga qodirligi, uning 
zamonaviy dunyoqarashi, siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini yuksalib borayotgani, 
atrofimizdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usi, jamiyatimizdagi o‘zaro mehr-oqibat va 
hamjihatlik muhitidir[5,158].
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
yurtimizda 
millatlararo 
totuvlikni 
yanada 
mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarning paydo bo‘layotganligi 
do‘stlik va hamjihatlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Davlatimiz rahbari eʼtirof etganidek: “O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning 
eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz jamiyatimizda hukm surayotgan 
tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir”. Tinchlik bor joyda o‘zaro hurmat, 
hurmat bor joyda o‘zaro mehr, mehr bor joyda oqibat va hamjihatlik bo‘ladi, 
bularning barchasi bag‘rikenglik tushunchasi atrofida jam bo‘ladi. Bag‘rikenglik bor 
joyda urush bo‘lmaydi, tinchlik hukm suradi. Tinchlik bo‘lgan mamlakatda insonlar 
baxtli hayot kechiradi. Tinch bo‘lgan yurt yuksaladi, jahon minbarlaridan o‘zining 
munosib o‘rnini egallaydi. Shunday ekan yurtimiz kelajagi uchun, uning ravnaqi, 
yuksalishi uchun har birimiz o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaylik. Chunki biz 
buyuk ajdodlarning avlodlarimiz, ularga munosib voris bo‘lmoq esa har birimizning 
o‘z qo‘limizda. Zero, yurtimizning kelajagi ham bizning qo‘limizdagi omonatdir.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling