1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assosiasiyalarining rahbarlari


Download 22.94 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

30. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assosiasiyalarining rahbarlari etib belgilansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
hududiy futbol assosiasiyalari, shuningdek, futbol maktablari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o‘quv-mashg‘ulot markazlarini Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) talablariga muvofiq barpo etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘ ajratilishini ta’minlasin;
har bir tuman (shahar)da kamida bittadan erkaklar, ayollar futboli va mini-futbol bo‘yicha futbol jamoalari tashkil etilishi va ularning musobaqalarda muntazam ishtirokini ta’minlasin.
31. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga
oid maqolalar, brifinglar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
32. Yoshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
33. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar siyosati va sport vaziri A.I.Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling