139. Axborot texnologiyalari: ta’limiy va nazorat qiluvchi dasturlar
O‘QUVChILAR BILIMINI KOMPYuTER TEXNOLOGIYaLARI ORQALI O‘QITUVChI TOMONIDAN NAZORAT QILIShNING ASOSIY VOSITALARI:
nazorat funksiyasi; o‘qitish; tashxis qilish; bashorat etuvchi; rivojlantiruvchi; yo‘naltiruvchi vazifa; tarbiya qilish.
140. Ta’limning jamoaviy va guruhiy texnologiyasi
141. Bolaning intellektual qobiliyatini rivojlantirish
142. Tanqidiy fikrlash asoslari
143. O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va jamiyatdagi o’rni
144. Bo’lajak o’qituvchi professiogrammasi
145. Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha
Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo‘llay olishdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga bo‘lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
146. Pedagogik qobiliyatlar klassifikatsiyasi
Pedagog olim I.P.Podlasiy pedagogik qobiliyatning tuzilishini quyidagi tarzda aniqlashtirgan
tashkilotchilik – ta’lim oluvchilarni jipslashtirish, ularning faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy ishga jalb etish, yakunlarini chiqarish;
diagnostik –o‘quv materialini tanlay olish, o‘quv materialini tushunarli, aniq, obrazli, ishonchli va tizimli bayon eta olish; o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari va intellektini rivojlantirishni rag’batlash, o‘quv-biluv faolligini oshirish hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va ijodkorlikka qobiliyatlilik;
pertseptiv – ta’lim oluvchilarning ichki olamiga ta’sir ko‘rsatish; ularning emotsional holatini xolis baholash, psixikasidagi o‘ziga xosliklarni aniqlay olish ko‘nikmasi;
kommunikativ – ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o‘rnata olish ko‘nikmasi;
suggestiv (suggestiya - ishontirish) – o‘quvchilarga emotsional ta’sir ko‘rsatish;
tadqiqotchilikka doir – pedagogik jarayon va vaziyatlarni anglash hamda obyektiv baholay olish ko‘nikmasi;
ilmiy-bilishga doir – tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallay olish qobiliyati;
gnostik – obyekt, jarayonni va o‘z faoliyati natijalarini tadqiq etish hamda olingan natijalar asosida uni korrektsiyalay olish qobiliyati.
147. Yuksak saviyadagi bilim va madaniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |