1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Ta’limning qonuniyatlari va qoidalari


Download 267.44 Kb.
bet28/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

100. Ta’limning qonuniyatlari va qoidalari


101. O‘zini-o‘zi tarbiyalash va o‘z ustida ishlash
(96 ga qarang)


102. Mustaqil ,ijodiy, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari
tanqidiy fikrlash – biror bir harakatga doir qaror qabul qilishda ratsional, refleksiv fikrlash
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog’liq: o’quv motivlari, o’quvchilarning faollik darajasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o’qituvchi tomonidan qo’llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O’quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Mazkur tamoyil o’quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
III. Shaxsni ijtimoiylashtirish. 1. Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni shakllantirish. 2. Shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish. 3. Yosh avlodda ijtimoiy voqelikka ongli munosabatni qaror toptirish
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo’lib, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi.
o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug’ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo’lishlarini ta’minlash;
Ijodiy – produktiv
Bolalar ijodini o’rganish metodi. Mazkur metod o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud: 1) bilimlar bellashuvi; 2) fan olimpiadalari; 3) turli mavzulardagi tanlovlar; 4) maktab ko’rgazmalari; 5) festivallar; 6) musobaqalar.

103. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi


NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
104. Ta’limni insonarvarlashtirish- Insonparvarlashtirish- har bir shaxsning ichki qadriyatini, umuminsoniy qadriyatlarning sinfiy va etnik qadriyatlardan ustunligini, shaxsning erkin rivojlanish huquqini tan olish bilan bog'liq bo'lgan inson hayotining haqiqiy asosi sifatida insonparvarlikni mustahkamlash. 
105. Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektu-al koʻnikmalar, ya’ni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv 854koʻnikmalari –oʻqish, tinglash, oʻz fi-krini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning na-tijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllanti-rish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manza-rasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni oʻrab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta’lim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda roʻy beradi.
106. Maxsus pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksiya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan. Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: – surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan olingan) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; − tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan; − oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – kam, fren – aql), so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; − logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya so‘zlaridan olingan) – og‘ir nuq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
107. Devonu Lug‘otit Turk, Mahmud Qoshg‘ariyning qalamiga mansub bo`lib, Bog’dodda 1072-1074- yillar mobaynida yozilgan Turkcha-Arabcha lug`atdan iborat asardir. Turkiy tilining ma`lum va mashhur eng qadimgi lug`ati bo`lib, G`arbiy Osiyoning yozma Turkchasi haqida mavjud eng qamrovli va muhim til yodgorligidir. Qo`l yozma nushasi 638 sahifa va 9000 ga yaqin Turkcha so`z va jumlaning tafsiloti bilan birga Arabcha va boshqa tillardagi izohlarini o`z ichiga olgan. Shuningdek Turklarning tarihiga, geografik tarqalishiga, qavmlariga lahja (sheva)lariga va yashahs shart-sharoitalriga oid qisqacha kirish va matnlarni qamragan ma`lumotlar mavjud. Eski (klasik) Arab leksikografiyasi (lug`at ilmi)ning tamoyillariga ko`ra tayyorlangan lug`at, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy qavmlar haqidagi batafsil ma`lumotlari bilan birga, Arab filologiyasi (til bilimi) borasida ham asosli tahsil olganligini yaqqol namoyon qiladi. Maqollar - «Тиришқоқнинг лаби ёғлик, эринчоқнинг боши қонлик»). Бу мақол ялқовликни ташлашга, ғайрат билан ишлашга ундаб айтилади. Бахил одам обрў топмайди»). Бу мақол одамларни яхши ном чиқариш, сахий бўлиш учун ундаб айтилади. Олим киши сўзидан олгил ўгит, Яхши сўзлар таъсири дилга сингар. Олимларга яқинлаш, баҳра олгил тутиб дил. Эшитиб ота-онанинг Сўзларини қадрла. Молу мулкинг кўпайса, Мағрурланиб қутурма.
108 Didaktika va metodikaning maqsadi: ta’lim berish, o’qitish, o’rgatishni amalga oshirishdir. Didaktika termini dastlab XVII asrda chex pedagogi Ya.A. Kamenskiy tomonidan ishlatilgan. U “Buyuk didaktika” asarida (1657 yil) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqqan. XIX asr o’rtalaridan pedagogikaning alohida sohasi sifatida o’rganila boshlandi. Didaktik printsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoyillarga o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur. Ular birbiriga bog’lanib ketadi, quyidagi printsiplar o’qitish va o’qish jarayonini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan. Ta’lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:  Faollik tamoyili, Nazariya bilan amaliyotning birbiri bilan bog’liqligiKo’rgazmalilik Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real ob’ektlarda o’qitishni talab qiladi. Darslar ko’rgazmali qurollar yordamida berilsa, o’quvchilarning o’zlashtirishlari osonlashadi.  Tushunarlilik O’quv materialining ilmiyligi IlmiylikNatijalarni mustahkamlash tamoyili
109 Jismoniy tarbiya
110. «Andragogika» tushunchasi ilmiy atama sifatida 1833 yilda nemis pedagog-tarixchisi A.Kapp tomonidan fanga kiritilgan. Agar «Pedagogika» so’zi bilan yonma-yon, o’hshash tarzda talqin etilsa kelib chiqishi grekcha so’zlardan (andros-erkak, odam; agogeyn-etaklash) iborat ekanligi oydinlashadi. So’zmaso’z tarjima qilinsa, andragogika bu - «katta odamni etaklash» dir. ga kiradi. "Kattalar ta’limi" deganda biz katta yoshli insonning har tomonlama kamol topishini nazarda tutamiz. Katta yoshli insonning bilimi, malakasi, ko’nikmasini kengaytirish bilan bog’liq har qanday ish kattalar ta’limi xisoblanadi. Ushbu atama bilan bog’liq yana bir qiziq xolat, - kimni katta yoshli deb atash mumkin? - degan mulohazaga chorlovchi fikr keladi. Ko’pincha, katta yoshdagilar deganda 30 dan oshganlardan boshlab va xatto nafaqadagilar ham nazarda tutiladi. Ammo o’rta ma’lumotga ega bo’lgan va mustaqil pul ishlab topishni boshlagan har qanday inson katta yoshli hisoblanadi
111. Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi MA’RUZA VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI 1) yo’naltiruvchi: talabalarni o’quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga imkon berish 2) axborot: o’qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog’liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi 3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi 4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish 5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish SEMINAR VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo’naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish: Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad. 2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish. 3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni. 4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish
112. Ta’lim vositalariTa’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’ lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi.
113. Pedagogik takt va odob axloq Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Takt ahloqiy tushuncha bo'lib, u insonlarning o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o'qituvchidan andishali bo'lish talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalar oldida o'zini tutishni bilishi, bolaning holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta'sir yo'lini topa olishidir. Shunday qilib, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalarga nisbatan amalga oshiradigan ta'sirining mezonidir. ТАKT VA TAKTIKA Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog'liq. Bu haqida ma'lumotni psixolog A. B. Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu to'rtta pozisiya bo'lib, ular quyidagicha: «yuqoridan pastga», «pastdan yuqoriga», «yonma-yon» va «aralashmaslik pozisiyasi». «Yuqoridan pastga» pozisiyasi o'qituvchi mustaqilligini, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini namoyish etadi. Bu pozisiya "ota" pozisiyasi ham deb ataladi. «Pastdan yuqoriga» pozisiyasida o'ziga ishonmaydigan, tobe' shaxs bo'ladi. A. B. Dobrovich so'zi bilan aytganda, bu "bola" pozisiyasi.
114. Test turlari ularning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi.
1992 yil martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoni bilan Oliy o‘quv yurtlariga qabulni test asosida o‘tkazish joriy qilindi. Bu ilgarilari foydalanish taqiqlangan yoki cheklangan pedagogik test sinovlarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishiga asos soldi. Hozirgi kunda Oliy va O‘rta maxsus maktab muammolari institutida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyani o‘zlashtirishlarida yordam berishga da’vat etilgan o‘quv sifati va pedagogik texnologiyalar bo‘limi ishlab turibdi. Mazkur kitob uning faoliyatining dastlabki natijalaridan biridir. Ma’lumki, 1992 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oliy o‘quv yurtlariga talabalar olishda imtihonlari test sinovlari asosida o‘tkazilmokda. 1993 yildan esa o‘quvchilar olimpiadalari va bitiruv imtihonlari ham test sinovlari asosida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Shunday ekan, o‘quvchilarning davrning yangi talablariga javob beradigan qilib tayyorlash uchun bu sohadagi ishni maktabda davom ettirish zarur. Test atamasi inglizchadan olingan bo‘lib, o‘zbekchaga tarjima qilinganda - tekshirishtadqiq etish, sinab ko‘rish degan ma’noni anglatadi. Test - bu qisqa, standart va odatda vaqt bilan chegaralangan sinovdir. Bunday yangicha va qulay sinovlarni o‘tkazish uchun test savollari tuziladi. Nar bir savolning beshta A, B, C, D, E harflari bilan belgilangan javoblari bo‘lib, ularning ichida bitta javobi to‘g‘ridir. Savollar "Ko‘p ichidan to‘g‘risini tanlab olish" hamda "Soddadan murakkabga" prinsipida va qat’iy maktab dasturi asosida tuziladi.Ayrim o‘qituvchilar imtihonni ikkita nazariy savol, uchinchini test topshirig‘i asosida o‘tkazilishni rejalashtirilgan bo‘lishlari mumkin. Ammo bunday yondashuv asosida o‘quvchini o‘zlashtirish darajasini to‘laqonli baholab bo‘lmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kelishgan holda ikki usuldan birini qat’iy tanlab olishi zarur.O‘quvchilarning javoblarini baholashni kuzatish uchun javob varaqasini bir xil kattalikdagi qalinroq qog‘ozdan perfokarta shaklida tayyorlash ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi.Demak, sinf uchun avvaldan perfokartatayyorlab qo‘yilishi kerak. O‘quvchilar to‘g‘ri javoblarini ana shu perfokartalarda belgilaydilar.
To‘g‘ri javobni hisoblash uchun bitta perfokarta olib, to‘g‘ri javoblarni krestli doira shaklida belgilash va qaychida ularni qirqib olib tashlab "shablon" tayyorlab olish kerak. Shablon o‘quvchi perfokartasi kattaligi bilan bir xil bo‘lishi va ustiga tushishi lozim. To‘g‘ri javobni aniqlash uch perfokarta ustiga "shablon" qo‘yiladi, shablonda shuncha krestlar ko‘rinadi.Shaxsiy kompyuter bilan ta’minlangan maktablarda test sinovlarini mashinalar yordamida o‘tkazish mumkin. Buning uchun test topshiriqlari variantlari, ularning to‘g‘ri javoblari, baholash mezonlari mashina xotirasiga kiritilib, o‘quvchining "sinash”ni topshirish kifoya qiladi.Test topshiriqlari mazmuniga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: yopiq, ochiq, moslik va izchillikka oid testlar. Test vazifalarining boshqa shakllari ham mavjud (zanjirli, matnli, vaziyatli kabilar).

115. Amaliy metodlar. Mashqlar,mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o’quv materialni egallash ko’rinishlari ta’limining amaliy metodlari jumlasiga kiradi.Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba ishlari asosida o’quv materialini egallash ko’rinishlari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ko’nikmani egallashning muvafaqqiyati uni shakllantirish sharoitiga bo’g’liq.


116 metodik ko’rsatmalar
117. mustaqil fikrlashni tashkil etish
118. Taʼlimning sinf-dars tizimi — maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dare shaklida olib boriladi. Taʼlimning sinf-dars tizimid.t. individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qad. maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-asrga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi "imlo" usuli oʻrniga "tadris" usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan miqdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dare shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom ped.sida dare tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimid.t.ni nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy boʻlgan. U oʻzining "Buyuk didaktika" (1632), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) asarlarida oʻqitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga koʻra, oʻquvchilarni maktabga qabul qilish vaqti, bola yoshi, oʻqishning boshlanish va tugallanish payti, oʻquvchilarning oʻqish vaqti qatiy chegaralanadigan, mashgʻulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan boʻldi. Tanaffus, taʼtil singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Taʼlimning sinf-dars tizimid.t. 19-asrga kelib Yevropaning koʻplab mamlakatlarida maktab taʼlimining yetakchi tizimiga aylandi.
119. Tadqiqot ishlarida xulosa va amaliy metodik tavsiyalar ishlab chiqish
120 Pedagogikaning asosiy kategoriyalaribShaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlaribva xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyanbxulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.bFanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiybtushuncha kategoriya deb ataladi.bbTarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribabasosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulqatvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.Ta’lim – o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma vabmalakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish,bularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarinibshakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Shakllantirish – shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

121Ekspert baholash usuli.


Ushbu usul shaxsiyat psixologiyasida keng qo'llaniladi. Tergovchilarni yaxshi biladigan shaxslar - bolalar bog'chalari va maktab-internatlar o'qituvchilari, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish va texnik ta'lim muassasalari ustalari , ishlab chiqarish ustalari, ilmiy jamoalar rahbarlari , harbiy rahbarlar, ma'murlar , sport murabbiylari mutaxassis sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ekspert usullari.
Ekspert usullari-bu noaniqlik yoki xavf ostida bo'lgan ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan baholash usullari.
Ekspert usullari sifat ko'rsatkichlari nomenklaturasini, ularning vazn koeffitsientlarini aniqlash, sifat ko'rsatkichlarini o'lchash va organoleptik usul bilan baholash uchun ishlatiladi. Sifat ko'rsatkichlarini o'lchash, ro'yxatdan o'tkazish, hisoblash usullari bilan baholash ierarxiyaning turli darajalarida murakkab sifat ko'rsatkichlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
122.
123 Baholash natijasida qaysi tushunchalar va qoidalarni o'zlashtirish qiyin va qaysi biri oson ekanligi aniq bo'ladi. Bu o'quvchini darsga ijodiy tayyorlash va o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shunday, talaba qaysi o'quv materialini yaxshi o'rganganini, qaysi biri qoniqarli va qaysi biri o'quv jarayonida yaxshi o'rganmaganligini bilib oladi. Bilimlarni tekshirmasdan, talaba o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g'ri baholay olmaydi. Ba'zan u o'quv materialini yaxshi o'zlashtirganga o'xshaydi, ammo tekshirilganda u materialni yaxshi bilmasligi va uni yaxshi tushunmasligi aniqlanadi. Baholash natijasida bilim talabalar tomonidan o'rganilayotgan material, ularning bilimlarini tushunish, yodlash, tushunish, qo'llash, tahlil qilish va tanqidiy baholash darajalari aniqlanadi. O'z bilimlarining ijobiy xususiyatlariga asoslanib, talaba ta'lim muassasasida va uyda ishlash uslubini takomillashtirish , bilim, ko'nikma va ko'nikmalarning ijobiy tomonlarini rivojlantirish, shuningdek kamchiliklarni to'g'irlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u o'quvchilarning o'rganishga bo'lgan munosabatini, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklarini, qiyinchiliklarni engish istagini shakllantiradi. Baholash har doim talabaning o'ziga shaxs sifatida ma'lum munosabatini shakllantiradi. O'qituvchi o'quvchining o'ziga bo'lgan munosabatini, his-tuyg'ularini, fe'l-atvorining tayyorlik , hamkorlik, bir-biriga yordam berish kabi fazilatlarini shakllantirishga e'tibor qaratishi kerak.
Ba'zan talaba baholash jarayonida qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladi. U o'quv jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatini tushunadi. Shuning uchun baholash o'quv jarayonining davomi deb aytish mumkin.
Talaba hech qachon do'stlari, ota-onalari, ta'lim muassasasidagi yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga befarq qolmaydi. Uning bilimlarini baholash bu munosabatni belgilaydi. Shuning uchun maqtov, ma'qullash, tanbeh berish yaxshi
yoki yomon baho o'quvchining fazilatlarini, tengdoshlari va kattalar guruhidagi mavqeini shakllantiradi. Bu, ayniqsa, o'spirinlar orasida juda muhimdir.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga ega. Baholash natijalariga ko'ra ta'lim muassasasi jamoasining ta'lim sohasidagi faoliyati , talabalarning umumiy mahorat darajasi baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlari davlat tomonidan belgilangan talablar qanchalik bajarilishini belgilaydi.
Butun ta'lim tizimi va uning tarkibiy qismlari natijalarni baholash orqali bir vaqtning o'zida ko'rib chiqilishi kerak. Bunday holda, ta'lim tizimida kutilgan natijaga erishish darajasi tekshiriladi va o'lchanadi. Bilimlarni muntazam baholash o'quv rejasi, uning asosiy va qo'shimcha bo'limlari asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimining natijalari ma'lum bir standart o'lchov orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat talabaning, balki o'qituvchining ham kuchli va zaif tomonlari, shuningdek o'quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shuningdek, o'quv qo'llanmalari, rejalari, o'quv jarayonini tashkil etish sifati baholanadi.
O'quv dasturining qismlari va tarkibiy qismlarini muntazam ravishda baholash oxir-oqibat aniq va adolatli baholashni shakllantirishga olib keladi. Kichik bo'limni baholash, umumlashtirish va umumlashtirish yakuniy baholashni aniq qilishga yordam beradi. Talabani o'z natijalari to'g'risida muntazam ravishda xabardor qilish uning maqsadga intilishiga va istaklarini amalga oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
O'quv jarayonida nazorat natijalarini o'lchash, bilim, ko'nikma va malakalarni baholash talabaning o'zini o'zi anglashi uchun imkoniyatdir.
124 Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2. Shaxsning rivojlanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar.
3.Pedagogik antropologiya. Individ va shaxs haqida tushuncha.
Shaxs tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
4.Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o'zaro
bog'liqligi.5. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o'ziga xos
xususiyatlari.6.Barkamol shaxs tarbiyasining ma'naviy-ma'rifiy asoslari. Shaxs
kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati.
Mavzuning maqsadi:
Shaxs individ, barkamol shaxs, o'quvchilarning yosh davrlari to'g'risida ma'lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, inti-zomni shakllantirish.
Mavzuning vazifalari:
shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanli-
gi, shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatla-
rini yoritish; shaxsni kamol toptirishda ta'sir etiivchi omillarning rolini
ko'rsatish; shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko'ra davrlarga
boiish; barkamol shaxs tarbiyasida ma'naviy-ma'rifiy asoslarini
ko'rsatish.

Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik, ta'lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta'lim-tarbiya, biologik, ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog'liqligi, go'daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, O'smirlik davri, o'spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.
3.1. Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs - tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar
Dunyoga kelgan go'dak ma'lum yoshga qadar individ hisobla-nadi. «Individ» lotincha «individium» so'zidan kelib chiqqan boiib, «bo'linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio-logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato'zigaxos omil sanaladi. Go'dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin-chalik reflekslar boiib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo'zg'atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go'dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, lining tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo'la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro'y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maq-sadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning samaradorligi va h.k)
Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan (3.1.1-shakl). 3.1.1-shakl


125


126. Juftlashgan ta’lim texnologiyasi- pedagogik texnologiyalar turlaridan biri, unda bir ishtirokchi boshqa (bir) ishtirokchiga dars beradi. Shu bilan birga, sheriklarni juftlik bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun kamida uchta ishtirokchi bo'lishi kerak. Juftlashgan ta’lim texnologiyasi juftlik bilan ishlash texnologiyasining alohida holatidir.Juftlikda o'qitish texnologiyasi jamoaviy mashg'ulotlarning asosiy, tizimli tarkibiy qismi bo'lib, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:o'quv jarayoni ishtirokchilarining juftlikdagi o'zaro munosabati, muloqot asosan dialog shaklida amalga oshirilganda;bilvosita aloqa turi mavjud bo'lganda, ishtirokchilarning individual izolyatsiya qilingan faoliyati;guruhdagi o'zaro ta'sir (bir nechta kichik guruhlarda yoki bitta katta guruhda), aloqaning asosiy turi frontal aloqa bo'lganda
127 Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlagan amaliyot rahbari vazifalari quyidagilardan iborat:
Talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish uchun ob`ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin borish;
Talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o`tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko`rsatmalar berish va h k.)ni o`tkazilishini ta`minlash;
Talabalarning kafedra topshiriqlarida ko`zda tutilgan loyiha ishlariga rahbarlik qilish;
Amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qilish;
Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish;
Amaliyot yakunlari bo`yicha talabalar ilmiy anjumanlari va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etish;
Talabalarning amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqish, ularning ishi haqida tavsifnoma berish;
Talabalar amaliyot o`tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko`rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etish;
Barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan hamkorlikda olib borish.

128 davlat ta'lim standartlari malakaviy talablar na'munaviy o'quv rejalar ishchi o'quv rejalar o'quv jarayoni jadvallari


129
130 Nazorat ishlarini tashkil etish
131 Rеspublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta'lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga еtishish, o’kuvchilarning xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, e'tiqodli, mеhnatsеvar, barkamol inson qilib o’stirish o’quvchi zimmasiga yuklatilgan xalqimizning kеlajagi, mustaqil O’zbеkistonning istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liq. Uzluksiz pеdagogik ta'lim g’oyasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o’qituvchilar malakasini ishirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik diqqat markaziga qo’yildi.O’qituvchilik sharafli, lеkin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun pеdagogik nazariyani egallashning o’zigina еtarli emas. Chunki pеdagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar umumlashtirilgan, usuliy g’oyalar bayon etiladi. O’qituvchilarning yosh individula xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.Maktab hayoti amaliy pеdagogik jarayon esa juda xilma xildir. Pеdagogik nazariyaga mos kеlmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan kеng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pеdagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O’zbеkiston davlatining umumiy ta'lim maktabida ishlaydigan o’qituvchipеdagogik faoliyatga qobiliyatli ijodkor, ishbilarmon;milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol;O’zbеkistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan e'tiqodli fuqaro;ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pеdagogik bilim va mahoratli shuningdеk, nazariy ishlarni mukammal egallagan bo’lishi kеrak.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi kеrak. Pеdagogik o’qituvchilik faoliyatini yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota - onalar va bolalarni izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi uchun ham kishida qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pеdagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pеdagogik mahorat egasi oz mеhnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pеdagogik ishga qobiliyatli, istе'dodli kishidagina pеdagogik mahorat bo’lishi mumkin.Yuksak mahoratli o’qituvchi uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburo bo’lishi kеrak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa istе'dod layoqat va zеhn, ya'ni inson nеrv tizimida anatomo fiziologik xususiyat ham bulishi zarur.Mahoratli o’qituvchi dars matеrialini bayon etish jarayonida o’quvchilarning qator bеlgilar asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o’zgartiradi. Shuningdеk o’qituvchi o’quvchilarni savodli o’zlashtirishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga o’tishlari, bo’shashish, lanjlik, layoqatlariga barham bеrish uchun vaqt ajratish zarurligini hisobga oladi. U tеgishli vaziyat yuzaga kеlgunga qadar ish boshlamaydi. Masalan darsning haddan tashqari zo’riqish bilan va kuchli boshlanishi o’quvchilarg munozara qiluvchi tormozlanish dеb atalmish holatga sabab bo’ladi. Miya faoliyati tumanlashadi va o’qituvchining so’zlari еtarli darajada idrok qilinmaydi.

Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling