1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637
Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi va yaxlitligi: tarbiyaning ijtimoiy hayot va mehnat bilan birligi. Tarbiyaning insonparvarlik printsipi
Download 267.44 Kb.
|
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limni insonparvarlashtirish
- 94. Isoqxon Ibratning pedagogik qarashlari
93. Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi va yaxlitligi: tarbiyaning ijtimoiy hayot va mehnat bilan birligi. Tarbiyaning insonparvarlik printsipi.
Tarbiya jarayoni o’z navbatida ijtimoiy tarbiya deb ataladi ham. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi. Ta’limni insonparvarlashtirish – uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o’zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir. Shaxsning rivojlanishi va o’quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo’shiluvi va madaniyatni o’zlashtirishi hamma-hammasi so’nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo’nalishda so’nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat’iy belgilash, ularga qattiq ta’sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo’lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko’plab innovatsiyalar yo’naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi o’laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo’naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta’limni insonparvarlashtirish», ya’ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta’lim esa, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi 94. Isoqxon Ibratning pedagogik qarashlari Is’hoqxon To'ra (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbuotchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o’qishga kiradi. Is’hoqxon To'ra 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqoʻrgʻonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. 0’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi. O‘z she’rlari («Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususida», «Qalam»)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan («Ilmi Ibrat», she’riy to‘plam, 1909). Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘at sitta as-sina» («Olti tilli lug‘at», T., 1901) tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibratning yozuvlar tarixiga oid «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912) asarida lotin, yunon, xitoy, hind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan, ilmiy-tarixiy asarlari («Tarixi Farg‘ona», 1916; «Tarixi madaniyat», 1925; «Mezon uz-zamon», 1926) esa Qo‘qon xonligining vujudga kelishidan to 20-asr 30-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalariga yozgan maqolalarida fan, ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etgan. 1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. «Lug‘at sitta as-sina» lugʻati jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi. Tashkil bo’lgan maktablar, ayniqsa, qishlok joylarida va tumanlarda asosan 1-2 boshlang’ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo’lib bordi. Darhaqiqat, Ibratning ilk matbaachi, yangi usuldagi maktab asoschisi sifatidagi bemisl xizmatlari tahsinga sazovor. U 1908 yilda Orenburg shahridan litografik mashina xarid qilib ming mashaqqatlar bilan Namanganga olib kelgan va “Ishoqiya bosmaxonasi”ga asos solgan. U yangi maktablar ochish, savodsizlikni tugatish kompaniyalarida faollik ko'rsatadi. Dastlabki vaqtlarda bu maktabda Ishoqxon Ibrat ona tili, adabiyot, tarix fanlaridan dars berib, keyinroq maktab dasturiga musiqaashula predmetini kiritadi. 1919 yilda uning tashabbusi bilan Namanganda o'zbek xotin-qizlari uchun birinchi marta qizlar maktabi ochiladi. Download 267.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling