82. Ta’limning zamonaviy metodlari
Zamonaviy sharoitda to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan natija bermaydigan metod sifatida voz kechish. Majburlashsiz o’qitish quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1) majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik; 2) o’qitishga tug’ma qiziqishlarni ko’payganligi; 3) majburlashning o’rnini muvafaqqiyatga erishishga imkon beradigan istak bilan almashtirish; 4) o’quvchilarni erkinlik va tashabbuskorlikka qo’yib berilishi; 5) jamoa orqali bilvosita o’quvchilarning qo’llanilishi; 6) o’quvchilarga ularning subyektivligi, o’z-o’zini namoyon etishi, ijtimoiylashuvi, madaniy tenglashuvi, hayotiy o’z o’rnini belgilashiga yordam ko’rsatish, pedagogik qo’llab-quvvatlash
Individual yondashuvni yangicha talqin etish: 1) “o’quv fanidan o’quvchiga qarab borish emas, o’quvchidan o’quv faniga borish” tamoyilining bajarilishi; 2) o’quvchilarning qobiliyatlari va mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’qitish; 3) o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchiga yo’nalganlikdan voz kechish; shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash; 4) shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish (qiziqishlari, qobiliyatlari, yo’nalganligi, Menqontseptsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o’ziga xosligi)ning qo’llanilishi; 5) shaxsning o’quv-tarbiya jarayonidagi o’ziga xosliklarini hisobga olish.
Ko’pchilik mualliflar ta’lim metodini o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir
Metod so’zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi
83. Oila pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari
Oila pedagogikasi – oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini o’rganadi
84. Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari
(81 ga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |