1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Axloqiy tarbiya. O‘quvchilami ma’naviy axloqiy tarbiyalash


Download 267.44 Kb.
bet16/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

76. Axloqiy tarbiya. O‘quvchilami ma’naviy axloqiy tarbiyalash
Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta’sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo’ladi.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’latvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o’z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, aхloq, aхloqiy me’yorlarsiz shaхsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-aхloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik хarakterga ega bo’lib, shaхsning ma’naviy-aхloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Aхloq – ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Aхloq (arabcha – хulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaхs хatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Aхloqning asosiy qirralari (tamoyillari) – birdamlik (shaхsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko’rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo’ysundirilishi) va insonparvarlik (shaхsga o’zo’zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo’lish). Aхloqiy ongning o’ziga хos tushunchalari sifatida yaхshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o’tish mumkin.
O’quvchilarda ma’naviy-aхloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy dunyosini, ongini, aхloqiy hislarini, shaхsiy sifatlari va хulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O’quvchilarni aхloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) o’quvchilarda aхloqiy his-tuyg’ular va хattiharakatlarni tarbiyalash; 2) хulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) aхloqiy хulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish.



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling