Dorixona xodimlarining etikasi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
9 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1. Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha.
DORIXONA XODIMLARINING ETIKASI 10.1.Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha. 10.2.Dorixona xodimlarining ahloqi va etikasi 10.3.Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti. 10.4.Dorixonada farmatsevt va xaridor munosabatlari. 10.5.Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi 10.1. Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha. Tibbiyot deontologiyasi – tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, dori-darmon, umuman davoning ta'sirini oshirishga qaratilgan xulq-atvor taomillari. Deontologiya, ya'ni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan omilaga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid ma'lumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega bo‘lib, bir qancha yo‘nalishlardan iborat: farmatsevt bilan bemor o‘rtasidagi; shifokor bilan farmatsevt o‘rtasidagi munosabat; farmatsevtning hamkasblari bilan munosabati va h. k. Tibbiyot deontologiyasiga farmatsevt yoki shifokorning sir saqlashi, bemorning hayoti va sog‘lig‘i uchun tibbiyot xodimining, ya'ni farmatsevtning javobgarligi, tibbiyot xodimlarining o‘zaro munosabati masalalari va boshqa(lar) kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta e'tibor berishi, uning sog‘ligini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sog‘lig‘i haqidagi faqat foyda keltira oladigan ma'lumotlarni aytishi, bemorning farmatsevt bilan sirdosh bo‘lishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan so‘zlashishi yaramaydi. Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida to‘g‘ri joriy qilinishi, farmatsevtning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog‘liq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga mos ravishda o‘zgarib borgan. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va boshqa(lar)ga ega bo‘lishni taqozo etadi. Tibbiyot deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro shifokorlar jamiyati tomonidan tasdiqlangan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling