Dorixona xodimlarining etikasi


Dorixona xodimlarining аhloqi va etikasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1119814
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 mavzu

10.2.Dorixona xodimlarining аhloqi va etikasi 
Dorixona xodimlari faoliyatida ahloq va deontologiya, ya'ni farmatsevt 
xodimlarni kasbiy burchlarini bajarishlaridagi fe'l-atvor va ahloq me'yorlari majmui 
muhim o‘rin tutadi. Etika so‘zi yunoncha «aeyyuz» degan so‘zdan kelib chiqib, 
“yurish-turish, ahloq” degan ma'nolarni bildiradi. “Ahloq;” deganda kishilarning 
bir-biriga munosabati, jamiyat, davlat, vatan, kasb hamda oilaga bo‘lgan 
munosabatlarni tartibga solib turadigan va shaxsiy e'tiqod an'analari, tarbiyasi butun 
jamiyat yoki guruhning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar 
talablari tushuniladi. Qadimda birinchi bor bu so‘z (termin) ni qadimgi buyuk yunon 
faylasufi mutafakkir olim Aristotel' qo‘llagan. 
Farmatsevtik ahloqning asosiy kategoriyalari: 

burch, majburiyat, xalollik, vijdonlilik, raxm-shavqat, ziyraklik bo‘lib, 
ular bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta'minlashda asosiy rol' 
o‘ynaydi. 
Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud: 

tibbiyot xodimining; 

farmatsevt xodimining 

yuristning; 

o‘qituvchining va hokazolar ahloqi. 


Deontologiya - kasbiy burch xaqidagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir 
qismi. Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va 
farmatsevt faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan 
farmatsevtik deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‘liq. Farmatsevt 
bemor va atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, sekin gapirishi, o‘z ishini tez 
va sifatli qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, 
hujjatlarni qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim. 
27-rasm. Famatsevt va bemor o'rtasidagi muloqot 
U hamisha ish kiyimida, sochlar qalpoq ostiga yig‘ilgan, tirnoqlari kalta 
olingan, ish vaqtida har xil taqinchoqlar taqmagan bo‘lishi kerak. Farmatsevt 
Hamma bemorga kelib chiqishi, dunyoqarashi, yoshi, jinsi millatidan qat'iy nazar bir 
xil namunali xizmat ko‘rsatishi shart. Doimo o‘z ustida ishlab, bilimini va amaliy 
ko‘nikmalarini oshirib borishi zarur. 
Farmatsevtik 
deontologiya 
farmatsevtlarning 
jamiyat, 
bemorlar, 
shifokorlar va hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalarini o‘z ichiga 
oladi. Dorixonaga murojaat etuvchilarning o‘zaro munosabati farmatsevtik 
deontologiyaning bosh yo‘nalishidir.
Azaldan farmatsevtlarning ahloqiy va ma'naviy jihatlariga alohida talablar 
qo‘yilgan va bu kasb egasi o‘z navbatida jamiyatga, hamkasblariga, bemorlarga 
nisbatan ma'lum bir ahloqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 


Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me'yorlarga quyidagi talablar 
qo’yiladi: 

tashqi qiyofa (bejirim tashki qiyofa bemorlarning ishonch bilan 
qarashiga sharoit hozirlaydi); 

fe'l-atvor (bemorlar bilan munosabatda bo‘lganda ularga diqqat bilan 
e'tibor berish va o‘zini tuta bilish zarur); 

nutq (ko‘p hollarda shirinsuhanlik doriga nisbatan yaxshiroq davolaydi, 
o‘ylanmay aytilgan so‘z esa, bemorni farmatsevtga bo‘lgan ishonchiga putur 
yetkazishi mumkin); 

bemorni tinglay bilish, uning holiga achinish, o‘zgalar qayg‘usiga 
hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir. 
Bundan tashqari, farmatsevtning diqqat bilan e'tibor bermasligi bemor 
ruhiyatiga zarar yetkazadi; 

dori vositalarni estetik rasmiylashtirish (bemorni tayyorlangan 
dorilarga ishonchini mustahkamlash maqsadida dorilarni rasmiylashtirishga e'tibor 
berish zarur. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, o‘ziga jalb etmaydigan dori bemorda 
uning sifatiga shubha tug‘diradi); 

bemordan ba'zi noxush ma'lumotlarni sir saqlash (xastalik jarayoniga 
va uni davolashga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Xastalikni emas balki dorining 
muntazam ta'sirini ko‘rsatish tavsiya etiladi); 

malaka oshirish (nihoyat, oqibatda inson salomatligi farmatsevt xodim 
malakasining darajasiga bog‘liqligi boisidan ham, ish usullarini takomillashtirish 
deontologiya omillar orasida muhim o‘rin tutadi. Farmatsevt ishida yo‘l qo‘yilgan 
xato tuzatilmas, qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi 
lozim); 

dorixona xodimi dorilarni qabul qilish qoidalarini batafsil tushuntirishi, 
dorilarning qo‘shimcha ta'sirlari haqida bemorni ogohlantirishi lozim. 
Deontologiyada farmatsevt bilan shifokor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga 
muhim o‘rin ajratiladi. Farmatsevtlar shifokorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda 


faoliyat ko‘rsatishlari lozim. Farmatsevtlarning shifokorlar bilan aloqasini 
mustahkamlanishi dorixonada axborot ishini yaxshilaydi. 
Bemorning davolanishga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish maqsadida 
farmatsevt shifokor fikrini qo‘llab-quvvatlashi kerak. 
Farmatsevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari 
Farmatsevt asosiy vazifalaridan biri - jamiyat va bemor kishi salomatligi 
yo'lida holis mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam 
ko‘rsatish, bemorga diqqat-e'tibor, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdir. 
O‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish
farmatsevt xodimining yuksak vazifasini anglash, o‘z Vataniga mehr-muxabbat va 
sadoqatni, burchiga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning olijanob 
an'analarini saqlash hamda ko‘paytirishdan iboratdir. Buyuk allomalar fikricha, 
ahloqda diyonat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, burch, javobgarlik, 
mas'uliyat, iffat, hayo, idrok, hayrixohlik, sadoqat, muxabbat, qadr-qimmat, nomus, 
xulq-atvor, baxt kabi insoniy hislatlar mujassamlashgandir. Yuksak ahloqiy 
sifatlarga ega bo‘lgan farmatsevt xodimi o‘z burchini aniq va sifatli bajaradi. 
Farmatsevt xodimlar bemor bilan muomala qilishda ahloq qoidalariga amal 
qilishdan tashqari, sabr-toqat bilan va o‘zini tuta bilishi ham kerak. Farmatsevt 
shifokor bilan bemor o‘rtasida ishonchni yaratishi, shifokor va farmatsevtlarning 
obro‘-e'tiborini oshirishga hissa qo‘shishi kerak. 
Farmatsevt deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

tibbiyot va farmatsevt xodimlar xulq-atvorining natijasini yana ham 
oshirishga qaratilgan qoidalarni o‘rganish; 

farmatsevtika sohasidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; 

farmatsevt xodimlar bilan bemorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni 
o‘rganish; 

samarali bo‘lmagan farmatsevtik faoliyatining zararli oqibatlarini 
tugatish. 
Korxona rahbari yoki dorixona mudirining topshiriqlari, ko‘rsatmalarini 
o‘z vaqtida aniq bekamu-ko‘st, vijdonan bajarishi hamda kasbiy faoliyatining 


ahloqiy asoslarini va madaniyatini yuksaklikka ko‘tarishni tadbiq etish 
farmatsevtning asosiy deontologik vazifalaridan biridir. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling