1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Download 267.44 Kb.
bet12/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

Didaktik vositalar o’qituvchi va o’quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo’linadi. Birinchisiga ko’ra, narsalar o’qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo’llanilsa, ikkinchisi – bu o’quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar.
Faoliyat ob’yektlari bo’yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo’linadi: Material ta’lim vositalari. Bu o’quv qo’llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quvlaboratoriya qurilmalari, ko’rgazmali vositalar bo’lishi mumkin. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va o’quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo’llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o’qituvchi ularni o’rgatish uchun belgilangan shaklda ko’rsatishi zarur.
O’quv axborotiga munosabatiga ko’ra ta’lim vositalari yangi materialni o’rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo’linadi.
O’quv jarayonidagi vazifasiga ko’ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o’quv ishlari vositalariga tasnif etiladi.
Bunday bog’liqlikka ko’ra didaktik vositalar vizual (ko’rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko’rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o’zida o’quvaxborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o’quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko’rsatuvlar.


71. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar(ijtimoiy muhit, irsiyat, ta’lim- tarbiya)
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiybiologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega.



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling