18. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyaviy ishlar texnologiyasi
19.Pedagogik tadqiqotlar metodlari va pedagogic tadqiqot metodikasi.
20.Jamoani shakllantirish metodikasi va shaxsni jamoada tarbiyalash.
22. OTM da tarbiyaviy jarayon va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.
23. Mustaqil ta’limni tashkil etish metodoligiasyi.
24. Tarbiyachi va uning vazifasi.
25.Pedagogik fanlarni o’qitish mazmuni ta’lim nazariya mazmuni.
26.BMI va ularga qo’yiladigan pedagogic talablar.
27. O’zaro iltifotlarni boshqarish texnologiyasi.
28.Zamonaviy didakti konseptsiyalar.
29. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish metodikasi.
30.DTS, O’quv reja, fan dasturi va ularga qo’yiladigan talablar.
31. Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish natijalarini qayd etish formulalari.
test turlari va test tuzishga qo`yiladigan talablar
|
Tеst-bеrilgan altеrnativ javoblardan to’g’risini tanlash shaklidagi nazorat topshirig`idir.. Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test inovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil, 5-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari
uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi.
Test turlari va test topshiriqlari shakllari
1. intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;
2· pedagogik testlar;
3· muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar;
|
O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
|
O`RQ -406. 14.09.2016. YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA.
davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi
Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi “2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 310-son qarori qabul qilindi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“yoshlarning boʻsh vaqti - yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida tashabbus olimpiadasini oʻtkazish, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish;
koʻchama-koʻcha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda toʻgaraklarni tizimli ravishda tashkil etish;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;
yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda OAVning rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.
|
Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish natijalarini qayd qilish formalari
|
|
Oliyt o`quv yurtida ta`lim tarbiya jarayonining aosisy shakllari
|
ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud, bularga ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar
|
O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
|
Mehnatni ilmiy tashkil etish - bu faoliyatni ichki va tashqi tomondan tartibga keltirish va yo‘naltirish demakdir. U o‘z navbatida quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
vaqtdan unumli foydalanish va uni maqsadli tejash;
mehnat va dam olishni unumli tashkil etish va foydalanish;
mehnat jarayonida ishtirokchilarning sog‘ligi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish;
Shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish prinsiplarga egaki, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
Faoliyatni tashkil etish prinsipi:
faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlash, belgilash;
faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va usullarini tanlash;
rejalashtirish;
normalash(me’yorlash).
|
Kurs ishi va unga qo`yiladigan pedagogic talablar
|
|
Malaka amaliuyotlarini tashkil etish talablari
|
Malaka amaliyotini tashkil etish talablari
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanadi. Amaliyotlar o‘quv-tamshuv, o ‘quv-texnologik va ishlab chiqarish - bitiruv oldi amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.
Amaliyot natijasi va hisoboti baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi. 0 ‘qishning birinchi yilida о ‘quv-tanighuv amaliyoti o‘tkaziladi.
|
Ta`limning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari
|
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
|
Ta`lim va tarbiya jarayonini tashkil etishning me`yoriy-huquqiy asoslai
|
ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
|
Pedagogika fanlarini o`qitish metodikasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
|
Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
|
Ta`lim qonuniyatlari va qoidalari
|
|
Magistrlik dissertatsiyasi va unga qo`yiladigan talablar
|
Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilgan talabni muhim jihati ishni yozishdan maqsadda o‘z ifodasini topadi. Dissertatsiyani tayyorlashdan maqsad-mavzu bo‘yicha magistrantning shaxsiy kuzatishlari, tajriba natijalari jamlangan ilmiy va amaliy ma’lumotlar va dalillarni to‘plash, tartibga keltirish, muammo tahlili va qilingan ijodiy, hamda, ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha tavsiya va takliflar berishdan iboratdir.
|
Pedagogic fanlar va ularning o`ziga hoxligi
|
Pedagogika fanlari tizimi. Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:
Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.
Pedagogika nazariyasi – pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o’rganadi.
Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o’ziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi.
Pedagogik mahorat – o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yo’llarini o’rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o’rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.
Metodika – xususiy fanlarni o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq etadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
Ijtimoiy pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy me’yordan og’ishishning pedagogik diagnostikasi, korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tadqiq etadi.
Oila pedagogikasi – oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini o’rganadi.
Xalq pedagogikasi – xalq og’zaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar o’yinlari, o’yinchoqlari kabilarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir.
Qiyosiy pedagogika – qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini o’rganadigan pedagogik fan sohasi.
Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pеdаgоgik аksiоlоgiya ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o’rganish hаmdа tа’lim-tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (o’ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to’g’risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasi – pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning o’zaro uyg’unligi natijasida shakllangan fan sohasi bo’lib, muzey muhitida ta’lim-tarbiya berish yo’llarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo’nalish bilan shug’yllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
|
Ta`lim tarbiya insonparvarlashtirish va demokratlashtirish
|
ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi;
2) shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi);
3) ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-shartnoma asosida tahcil olish);
4) xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi;
5) ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi;
6) oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o’zgarishi;
7) ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash;
8) rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy obyektga aylanishi;
9) ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash;
10) “o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi;
11) rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha resurslarni izlab topish.
|
Pedagogik fanlarni o`qitish metod va vositalari
|
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. An’anaviy ravishda qo’laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o’quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar,
Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. axborot vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi.
|
Didaktikaning asosiy tushunchalari, mazmuni, maqsad va vazifalari
|
Didaktika – ta’lim va o’qitish nazariyasi hamda o’qitish jarayonida tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
o’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
|
Ta`limni tashkil etishning noan`anaviy shakllari:
|
Didaktik o’yin o’rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o’yin ham ijtimoiy faoliyat ko’rinishi sanaladi.
|
Fuqarolik tarbiyasi
|
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
|
Tarbiya metodlari
|
Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullari yig’indisidir.
|
Estetik tarbiya
|
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |