1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Yan Amos Komenskiyning ” Buyuk didaktika” asari va ahamiyati


Download 267.44 Kb.
bet10/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

69. Yan Amos Komenskiyning ” Buyuk didaktika” asari va ahamiyati
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 mart . Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan. A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo’llarini ko’rsatib o’tdi. Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi. Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo’lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan qat`iy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy ta`lim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o’g’il va qiz bolalarni ham o’z ona tilida o’qitishini talab qildi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go’zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko’rsatgan yo’ldan borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O’zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O’z-o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya). Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog’idan tarbiya berilishi lozim. “Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o’qtishning tabiatga uyg’un bo’lishi haqidagi g’oyadir. Ta`lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil va osonroq o’qitish mumkin”. 1. O’qishni o’z vaqtida, ya`ni kishining fikri boshqa narsalarga bo’linmasdan turib boshlash kerak. 2. Bolaning aqli o’qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo’lishi lozim. 3. O’qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim. 4. Osonroq narsalarni o’rgatishdan qiyinroq narsalarini o’rganishga o’tish kerak. 5. O’rganiladigan material ko’plik qilib, bolani qiynab qo’ymasin. 6. Hamma narsani sekin-asta o’rgata borish lozim. 7. Bolaning yoshiga to’g’ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o’rgatmaslik kerak. 8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok etilishi zarur. 9. O’qitishni har doim bir usulda olib borish kerak. Komenskiy bolalarni 6 yoshga qadar Onalar maktabida tarbiyalashni taklif qiladi. Bolalik davrida jamoalar va qishloqlarda ona tilida olti yillik boshlang’ich maktab bo’lishi lozim. O’smirlar uchun shaharlarda lotin maktabi yoki gimnaziya bo’lishi kerak. Dars o’quv mashg’ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo qiladi. a) bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilarning o’zgarmas tarkibi: b) o’quv mashg’ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish: v) muallim bir vaqtning o’zida sinfdagi barcha o’quvchilarga bir fan o’rgatishi: g) butun o’quv mashg’uloti davomida o’qituvchilarning rahbarlik roli. Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish lozim. O’qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bo’lsa, sinf xonalari ham shuncha bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari har kuni to’rt soat, gimnaziya o’quvchilari olti soat o’qishi kerak.

Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling