96. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo’llari o’qituvchining malaka oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg’ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o’rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko’nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’zo’zini tarbiyalash, ya’ni talabalik yillarida o’zida tajribali o’qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o’ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o’ynaydi.
Ijtimoiylashuv jarayoni inson qachonki, o’z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo’llarini belgilay olganida, o’z qadrqimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o’z o’rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
97. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi.
“Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: 1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; 2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; 3) pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |