1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Shaxsni shakllanishida faoliyatning (o‘yin, o‘qish, mehnat) o‘mi


Download 267.44 Kb.
bet13/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

72. Shaxsni shakllanishida faoliyatning (o‘yin, o‘qish, mehnat) o‘mi
O’quvchilarni mehnat, muloqot, o’yin, o’qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o’zining individual pedagogik tizimiga ega bo’lishi kerak.
Ushinskiy insonning to’g’ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomil-lashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O’qish ham mehnatdir va mehnat bo’lib qoladi, ammo to’la ma`noli mehnat bo’lishi lozim” – deb hisoblaydi. Mehnat qilish o’quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O’rgatish o’yin orqali amalga oshirilsa, yaхshi samara beradi. O’yinda tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o’z хohishiga ko’ra bajaradi. O’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddiqomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o’tkir zehn, topqirlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda g’amхo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik hissini kuchaytiradi.


73. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati
Psixolog olim Olga Matveeva o’qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko’rsatib o’tadi - Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O’qituvchi o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
Kommunikativ (kishilar bilan aloqa o’rnatish, samimiylik, muloqotchanlik);
kommunikativ – ta’lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o’rnata olish ko’nikmasi
Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o’rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o’quvchilarga to’g`ri yondashish yo’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.

Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling