Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati.
75. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining rivojlanish imkoniyatlari
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Maktabgacha bo’lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi: - go’daklik (1 yoshgacha); - ilk yosh (1-2 yosh); - ilk yosh guruhi (2-3 yosh); - kichik yosh (3-4 yosh); - o’rta yosh (4-5 yosh); - katta yosh (5-6 yosh); - maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim)
Platon (Aflotun) pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda ozodalikka, mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, mo’minqobillik, rostgo’ylik, odillikka o’rgatish kerak
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o’zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o’rinda turadi. Ko’pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yapon tarbiyachilarining bolalarni kichik guruhlarga “xan”larga bo’lib o’qitishlari tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu bolalarda qarorlar qabul qilishga, o’zgalar fikrini hurmat qilish, guruh a’zolarini barchasini tashabbuskor bo’lishga o’rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda ham, o’rta maktablarda ham davom etadi. Bu guruhlar o’rtacha har 5 oyda shakllanib turadi. Yapon bolalariga sinfni boshqarish juda yoqadi. Shuning uchun har kuni bolalarning o’zlari boshqaruvchi tanlaydilar. Har bir bola bu vazifani bajarib ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |