1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637
“Avesto” eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik
Download 267.44 Kb.
|
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ezgu fikr , Ezgu so’z, Ezgu amal 78. O‘qituvchining nutq qobiliyati va uni rivojlantirish
- Funktsiyalari
- Nutqqa qo’yiladigan talablar
77. “Avesto” eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik
“Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan. Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan. Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u beriladi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar» ma’nosini bildiradi. Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik, hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida. Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq. Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi. Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz narsalar bilan aralashtirmaslik lozim. Zardo’shtiylik axloqining asosiy uchligi - Inson -> Ezgu fikr , Ezgu so’z, Ezgu amal 78. O‘qituvchining nutq qobiliyati va uni rivojlantirish Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo’lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo’ladi: 1) ichki nutq; 2) tashqi nutq. O’qituvchining nutqiy faoliyati: so’zlash, mutolaa qilish va eshitishdan iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim matn va kitob shaklida bo’lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o’zining hajmi bilan notiqqa havola etiladi. Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili asosida nutqning quyidagi o’ziga xosliklarini ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Funktsiyalari: muloqot, shaxsga ta’sir ko’rsatish, ta’lim va tarbiya vositasi. 2. Shakllari: tashqi nutq (og’zaki): monolog, dialog, polilog; yozma: doklad, referat, annotatsiya va boshqalar; ichki nuqt. 3. Nutq texnikasi: pedagog ovozining kasbiy sifati: tembr, intonatsiya, diktsiya, temporitm (bir minuda 120 ta so’z). 4. Nutqiy faoliyat turlari: o’qish, yozish, gapirish. 5. Nutq uslublari: ilmiy, rasmiy, so’zlashuv, badiiy, ommabop. 6. Nutqqa qo’yiladigan talablar: talaffuzning aniqligi, ifodaviylik, emotsionallik, diktsiyaning tushunarligi, tovushlarning aniq talaffuz qilinishi, obrazlilik, nutq madaniyati, so’zdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, temporitmga amal qilish Mukammal notiqlik san’atiga ega bo’lish – o’qituvchilar uchun ulkan mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o’tkirligi, yorqinligi va originalligi tinglovchi va o’quvchilarda histuyg’u va qiziqish uyg’otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmunini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir. Demak, nutq aniq va ravon bo’lishi, grammatik jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo’ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o’rganilayotgan bilim o’quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o’qituvchilardan tinimsiz izlanish va o’z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi. Download 267.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling