1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar
Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot
Download 137.59 Kb.
|
buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobotini tashkil etish tizimi
Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot
tizimini takomillashtirish. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 2 – moddasiga muvofiq, “Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir”1. Shuningdek, ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: – buxgalteriya hisobi scho’tlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatning holati to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish” Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan vazifalar faqat u to’g’ri va oqilona tashkil etilgandagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo’l qo’yilayotgan xato – kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida ishonchli va o’z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida – hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elemntlarining tuzilishi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob hamda hisob siyosatidan iborat bo’lishi lozim. ________________ 1O’zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, 2-modda Buxgalteriya hisobotini tashkil etish tizimi “Buxgalteriya xizmati to’g’risida Nizom”ni ishlab chiqish Hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasini tuzish “Buxgalteriya apparati hodimlarining xizmat vazifalari”ni ishlab chiqish Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va tartibini ishlab chiqish Hujjatlar aylanish grafigini tuzish Hujjatlarni qiymati va saqlash muddati bo’yicha eskpertiza qilish Download 137.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling