1. O'zbekiston Respublikasiniing asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili


Download 90.72 Kb.
bet1/7
Sana28.02.2023
Hajmi90.72 Kb.
#1237238
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
statistika referat3


Referat

Mavzu: O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar makroiqtisodiy ko'rsatkichlarining qiyosiy tahlili.

ORALIQ NAZORAT



Bajardi: Akromova Gulchehra
Tekshirdi: Umarova Muqaddas

Reja
1.O'zbekiston Respublikasiniing asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili.
2.Portugaliyaning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili.
3.Sloveniyaning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili.

Kirish Ushbu referatni yozishdan maqsad, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rnini aniqlash bo‘lib, buning uchun mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida tan olingan kundan boshlab hozirgi davrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanish tendensiyasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari (YaIM, inflyasiya, ishsizlik, pul muomalasi, almashuv kursi, eksport – import operasiyalari, davlat byudjeti, oltin-valyuta zahirasi, to‘lov balansi va shu kabilar) asosida rivojlangan, sobiq sosialistik va rivojlanayotgan davlatlar misolida mamlakatlararo yuqoridagi ko‘rsatkichlar yordamida taqqoslaymiz.
Referatda, shuningdek mamlakatlarning aholi soni, uning turmush darajasi, yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi hajmini o‘zgarish dinamikasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajalari, iqtisodiyotning monetizasiyalash darajasi, ularni hisoblash usullarini va tahlilini rasmiy statistik ma'lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek “O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat” so‘zlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotimizni dunyo mamlakatlari miqyosida o‘zining rivojlanish darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri bo‘lgan Shveysariya bilan, sobiq sosialistik davlatlardan Rossiya bilan (taqqoslashdan maqsad, davlatimiz mustaqillikka erishguniga qadar ittifoqdosh bo‘lgani va rivojlanish darajasi yaqin bo‘lganligi tufayli), shuningdek bugungi kundagi rivojlanayotgan mamlakat hisoblangan Hindiston kabi davlatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilamiz. Lekin shuni e'tiborga olish lozimki, mamlakatlarni rivojlanish darajasini baholashda iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘liq ifoda eta olmaydi. Shu bilan birga aholining o‘rtacha umr ko‘rishi, savodxonlik darajasi, sog‘liqni saqlash tizimining rivoji va sifati hamda boshqa ko‘rsatkichlar ham xalqaro taqqoslashlarda keng foydalaniladi.
Shu kabi mamlakatlar bilan solishtirma tahlillar, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni, jaxon xo‘jaligiga integrasiyalashganligi, rivojlanish tendensiyasi, aholi turmush darajasi sifati qanday holatda ekanligini baholash imkoniyatini beradi. Yana shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, mamlakatimiz eksport hajmini o‘sib borayotganligi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida solishtirish davlatlarning jahon bozoridagi o‘rniga baho berish imkoni ham beradi.
Referatni yozishdan yana bir maqsad - mamlakatlar iqtisodiyotini taqqoslash bilan bir qatorda mamlakatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, boshqa nazariy bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni ta'minlashdir.


Download 90.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling