- QO'SHIB YOZISH VA AJRATIB YOZISH
- Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo'ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang va h.k.
- -r, -ar, -mas qo'shimchasi bilan yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
- Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qi-lingan qo'shma otlar va sifatlar qo'shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo'yko'z, sherdil, otquloq singari.
- Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo'ljallanganligi kabi ma'nolarni bildiruvchi qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: ko'ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko'zoynak, suvilon kabi.
- Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo 'jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
- 6. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radio- to'lqin, elektrarra kabi.
- 7. Qisqartma so'zlar har doim qo'shib yoziladi: O'zMU, ToshDPU.
O’zbek tili leksikasining boyish manbalari. Sohaga xos o’z va o’zlashgan so’zlar tasnifi - Reja:
- 1. O`zbek tilining boyish manbai .
- 2. O`zbek tilining eskirgan so’zlar o’quv izohli lugʻati.
- 3. O`zbek tilining izohli lugʻati.
- 4. O`zbek tilining ma'nodosh so’zlar o’quv lugati.
O`ZBEK TILINING BOYISH MANBAI - O`ZBEK TILINING BOYISH MANBAI
- O`zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.
- Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O`zbek tili lug`at tarkibining birinchi yo`l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo`llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so`zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo`shimcha yordamida yangi so`z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona,
- auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so`zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o`xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O`zbek tili lug`at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo`q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo`lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg`ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so`z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o`zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |