1. O‘zbekiston Respublikasining mdh davlatlari va gruziya
OʻZBEKISTON-MALAYZIYA MUNOSABATLARI
Download 36.44 Kb.
|
12- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON-BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI MUNOSABATLARI.
- O‘ZBEKISTON-ERON MUNOSABATLARI
- O‘ZBEKISTON-ISROIL MUNOSABATLARI
- O‘ZBEKISTON-KUVAYT MUNOSABATLARI
OʻZBEKISTON-MALAYZIYA MUNOSABATLARI. 2016-yilning mart oyiga qadar boʻlgan davr oraligʻida 557 nafar oʻzbek mutaxassislari MTHD seminarlarda ta’lim olishdi. Ikki davlat ilm-fan va madaniyat jamoatchiligi oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998-yil Toshkentda “Oʻzbekiston-Malayziya” Doʻstlik jamiyati tashkil etildi. 2015-yil 23-27-aprel kunlari, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida Malayziya Madaniyat va turizm vaziri Dato Seri Mohammed Nazri bin Abdul Aziz O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
O‘ZBEKISTON-BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI MUNOSABATLARI. 2018-yil 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi o‘tkazildi. Ikkitomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirasida imzolangan 20 ta extratsiya, jinoit ishlarda yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikkitomonlama daromad solig‘idan qichish, fan va nexnika va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi hujjat tashkil etadi. 2018-yilning 11 oyi davomida ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi $123,8 mln. dollarga yetdi. Bunda eksport - $52,2 mln. doll., import $71,6 mln. dollarni tashkil qildi. Eksportning asosini paxta tolasi, xizmatlar, ipak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Import –mexanik va elektrik jihozlar, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari, kiyim-kechak va sport jihozlari. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Amirliklar sarmoyalari ishtirokida 92 ta korxona tuzilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi 100% Amirliklar kapitali asosida tashkil qilingan. 2018-yilning yanvar va oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegasiyaning BAAga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Amirliklar muzokaralarida savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. BAA Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari I.al-Mahmud boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, 2018-yil 3-oktabrda Toshkentda O‘zbekiston-Amirliklar ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi. O‘ZBEKISTON-ERON MUNOSABATLARI.2017-yil sentabrda Ostonada o‘tkazilgan fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashqi ishlar vazirining orinbosari darajasida muntazam ravishda O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o‘tkazildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini siyosiy, iqtisodiy madaniy sohalarda imzolangan 55 ta hujjat tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etilgan. 2018-yilning aprel oyida Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron qo‘shma komissiyasining 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2018-yil natijalariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari $306,5 mln, shu jumladan O‘zbekison eksporti – $172,5 mln., import esa $133,9 mln. hajmida qayd etildi. O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 116 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 19 tasi to‘liq Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda.O‘ZBEKISTON-ISROIL MUNOSABATLARI. Hozirgi kunga qadar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4 ta davrasi o‘tkazilgan. Siyosiy maslahatlashuvlarning oxirgi to‘rtinchi davrasi 2016-yil 30-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining huquqiy bazasi 19 ta hujjatlardan iborat (14 tasi davlatlararo va hukumatlararo, 5 tasi idoralararo hujjatlar). Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarida eng qulay rejim o‘rnatilgan. 2018-yil yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha umumiy savdo aylanmasi $51.4 mln. (eksport - $16.1 mln., import - $35.2 mln.) tashkil etdi.Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida Isroil sarmoyasi ishtirokida 37 korxonalar va shulardan 7 tasi 100% xorijiy sarmoyasi bilan mavjud. Ushbu korxonalar xorijiy kapital, turizm, ulgurji savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yil 10-fevraldan Isroil fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimi qo‘llanishi munosabati bilan O‘zbekistonga ushbu davlatdan keladigan turistlar soni ikki baravariga oshdi va 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. O‘ZBEKISTON-KUVAYT MUNOSABATLARI.2017-yil iyun oyida O'zbekistonda Kuvait Milliy assambleyasi bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi. 2018-yil 4-dekabr kuni al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi o‘tkazildi. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro maqom san'ati anjumanida Kuvayt madaniyat, san'at va adabiyot milliy kengashi Bosh kotibining o‘rinbosari Badr ad-Duveysh boshchiligidagi hay'at ishtirok etdi. 2018-yilning 25-26-oktabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsertlari hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling