1. O‘zbekiston Respublikasining mdh davlatlari va gruziya


O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi


Download 36.44 Kb.
bet6/10
Sana23.12.2022
Hajmi36.44 Kb.
#1047670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12- mavzu

O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi natijalari bo‘yicha Strategik hamkorlikni hartomonlama kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonoti qabul qilindi, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 20 dan ziyod kelishuvlar hamda qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda jami 64 hujjatlar imzolandi. Ulardan 4 milliard dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri koreys investitsiyalari.
2017-yilning sentabrida Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunning O‘zbekistonga 2018-yilning fevralida esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovning Koreya Respublikasiga tashriflari amalga oshirildi.
O‘ZBEKISTON-XITOY MUNOSABATLARI. 2017-yil 11-13-may kunlari Xitoyga amalga oshirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning uchrashuv va muzokaralarga boy rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda muhim tarixiy bosqich bo‘lib xizmat qildi. Tashrif chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, XXR Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan, Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo'mitasi raisi – Chjan Deszyan va Xitoyning yuksak texnologiyalar sohasida etakchi korxonalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.2004-2017-yillar oralig‘ida Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 15 ta davrasi va ShHT doirasida hamkorlik bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, keng savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni kengaytirishni o‘zaro manfaatdorlik va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘radi. 2017-yil yakunlariga bo‘yicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash $5 mlrd. yetgan bo‘lsa, shundan $2,2 mlrd. eksportni va $2,8 mlrd.ni import tashkil etgan. Ikki tomonlama sarmoyaviy sheriklik 2010-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va XXR Hukumatlari o‘rtasida noxomashyo va yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
O`ZBEKISTON – YAPONIYA MUNOSABATLARI. 2017-yil 2-5 avgustda Yaponiya Bosh Vaziri rafiqasi Akie Abe boshchiligida madaniyat va san’at namoyondalaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Dram TAO” ijodiy jamoasi konserti o‘tkazildi.

Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling