1. O‘zbekiston Respublikasining mdh davlatlari va gruziya
OʻZBEKISTON-AVSTRALIYA MUNOSABATLARI
Download 36.44 Kb.
|
12- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻZBEKISTON-VETNAM MUNOSABATLARI
- OʻZBEKISTON-INDONEZIYA MUNOSABATLARI
OʻZBEKISTON-AVSTRALIYA MUNOSABATLARI. 2016-yilda Tomonlar Diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi 25 yilligi munosabati bilan tabrik xatlari almashishdi. Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari 2017-yil yakuni bo‘yicha $1620,2 mingni tashkil qilgan. O‘zbekistonda Avstraliyalik investorlar ishtirokida 6ta korxona faoliyat ko‘rsatayapti. Shulardan 3 qo‘shma korxona va 3 tasi 100% xorijiy sarmoya ishtirokida faoliyat yuritmoqda.
OʻZBEKISTON-VETNAM MUNOSABATLARI. 2017-yil fevralida bosh vazir o‘ribosari – qishloq xo‘jaligi va suv ho‘jaligi vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Vetnamga tashrif buyurdi. Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $33,8 mln.ni tashkil qilgan. Oʻzbekistonda hozirgi kunda Vetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 3 tasi 100 foiz Vetnam sarmoyasi asosida tashkil etilgan. OʻZBEKISTON-INDONEZIYA MUNOSABATLARI. 2015-yil aprel va may oylarida Indoneziya Respublikasi Milliy Konsultativ kongresi raisining oʻrinbosari Mahyudin hamda Indoneziya Respublikasi Mintaqalar vakillari kengashi Parlament yuqori palatasi raisi Irman Gusmanning Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 2017-yil 20-25 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.T.Mirzaev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Indoneziyaga tashrifni amalga oshirdi. Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida baliqchilik, acchiq qalampir etishtirish va uning eksporti masalalarida kelishuvlarga erishilindi. Jumladan, tashrif davomida Indonesia Respublikasi Prezidenti J.Widodo bilan uchrashev tashkil etildi. Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotiga koʻra davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi koʻrsatkichlari 2017-yil yakuni boʻyicha $35,6 mln.ni tashkil qilgan. Hozirgi kunda Indoneziya kapitali ishirokida 4 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Mamlakat xalqlari oʻrtasida doʻstlik rishtalari, hamkorlik aloqalari, hamda madaniy va ma’rifiy sohadagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida 2002-yil sentabr oyida “Oʻzbekiston-Indoneziya” doʻstlik jamiyati ta’sis etildi. Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling