1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati
partizanlarning axborot urushidir
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
media
partizanlarning axborot urushidir ". Vasilev — Podsoxin, bizning
davrimizning axborot urushlari haqida gapirar ekan, ular rus ijtimoiy tadqiqotchisi A. LEKIN. Zinovyev — „axborotni yigʻish, qayta ishlash va tarqatish vositalarining jadal rivojlanishi, aloqa vositalarining rivojlanishi, odamlar massasini manipulyatsiya qilish vositalarining rivojlanishi va odamlarni boshqarishning boshqa omillari“ ni nazorat qilish qobiliyatining oʻsishi omillari sifatida qayd etadi. Vasilev-Podsoxin talqinida Zinovyevning fikriga koʻra, „aksiya qilishning axborot usullaridan keng foydalanishga“ hissa qoʻshadigan yana bir omil ommaviy madaniyatning odamlar turmush tarzini standartlashtirishga taʼsiri edi . Axborot urushida hokimiyat tomonidan yaratilgan tuzilmalar ham, alohida jamoalar, guruhlar va shaxslar ham qatnashishi mumkin. Axborot urushi uzluksiz va nafaqat qurolli kurash paytida, balki tinchlik davrida ham olib boriladi. Axborot urushi axborot qarama-qarshiligining eng qiyin turidir. Qoida tariqasida, axborot urushi usullari notoʻgʻri maʼlumotlarni toʻldirish yoki maʼlumotni oʻzi uchun foydali boʻlgan tarzda taqdim etishdir [7] . 62-savol....... O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat hisoblanib,ma lum bir rivojlanish bosqichlarini boshidan otkazgan.Mana shu vaqt davomida bu yurtga yaxshi goyalar bilan birga salbiy goyalar ham kirib keldi.Bunday salbiy va buzgunchi goyalarga diniy ekstrimizm,terrorizm kabilar kiradi. Har qanday ekstremistik va terroristik faoliyatning mohiyati o‘zgalar ustidan hukmronlikka yoxud mavjud siyosiy- mafkuraviy, ijtimoiyiqtisodiy tartibotga qarshi zo‘ravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali o‘zgalarning g‘arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi 53 xavfsizligiga solayotgan zamonaviy tahdidi, terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirishni talab qilmoqda. Terrorizm tom ma’noda jaholatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning tajovuzidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bo‘lmoqda, jamiyat rivojlanishi ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda va tarqalishi ham ekstremizm va terrorizmning jahon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Butun dunyo xalqlari diqqat markazida – Iroq va Shom islom davlati (ISHID) terrorchi tashkiloti vahshiyona harakatlarini hamon davom ettirmoqda. Birgina 2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlashlarni amalga oshirgan. XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Padarkush” asarida bu illatning kelib chiqishini aytib bergan edi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon, bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur…” Jaholat 1999 yil 16 fevral kuni tariximiz sahifasida o‘zining qonli izlarini qoldirdi. Buyuk shoir bobomiz Alisher Navoiy “Johillikdan besaodatliroq nima bor?” – degan ekanlar. Suriyadagi urush qurboni bo‘lgan bola o‘limidan so‘ngi so‘zlari butun olamni larzaga soldi desam xato bo‘lmaydi. Shifokorlar yaralangan bolaning hayotini saqlashga qancha urunishmasin, barcha harakatlar behuda ketdi. Endigina uch yoshga kirgan norasida o‘zining o‘lishini sezib, jon taslim qilar chog‘ida ko‘z yoshlari yuzini yuvib, shunday dedi: “Hammangizning ustingizdan Ollohga arz qilaman. Hammasini unga aytib beraman.” Albatta bu so‘zlarni eshitgan odamning nafaqat vujudi larzaga, balki ko‘zi yoshga to‘ladi. Mingdan-ming bor shukur, shunday jannatmakon, tinch, osuda, go‘zal yurtda yashayman. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamlarning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.” Odam qachon tom ma’noda mustaqil bo‘la oladi? Qachonki, qalbi va ongi, butun vujudi uning o‘ziga tegishli bo‘lsa, u faqat o‘z xohishirodasiga tayanib harakat qila olsa. Ma’naviy tahdidlar bizni ana shunday buyuk imkoniyatlardan, ya’ni bu dunyoda ixtiyori o‘zida bo‘lgan ozod va hur inson bo‘lib yashash baxtidan judo qilmoqchi bo‘ladiXulosa shuki, yurtimizda osoyishtalik hukm surayotgan davrda dunyoning turli hududlarida keskin qarama-qarshiliklar, to‘s-to‘palonlar sodir bo‘lmoqda. Bu esa barchamizni doimo hushyor va sergak bo‘lishimizga da’vat etadi. Demak, yoshlarimizda yovuz xurujlarga qarshi kuch-immunitet shakillansa, ularda hech qanday tahdid o‘zining zararli ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Mutaxassislarning tadqiqotlari natijasiga ko’ra hozirda internet tarmog’idagi ma’lumotlarning 70-75 %i inson uchun zarar keltiruvchi g’oyalar hisoblanadi. Afsuski bu nisbat yil sayin ortib bormoqda.Yangi poligonlarda inson ongini egallash uchun jang qilayotgan 54 buzg’unchi g’oyalar qatoriga diniy-ekstremizm, terrorizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat” va turli axborot xurujlarini kiritishimiz mumkin. Yoshlarni muqaddas diniy ta’limotlarimiz va qadiriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, xalq dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka umid ko’zi bilan boqish kabi ezgu tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi. 63-SAVOL...... Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling