1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
media

Media savodxonlik 
Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va 
xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan 
koʻnikmalar 
toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi 
mumkinligini media savodxonligi yuqori 
boʻlgan odam osongina sezishi mumkin 
boʻladi. 
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash 
koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va 
belgilarga 
qoʻllash qobiliyati.
[1] 
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi 
katta 
taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa 
ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday 
koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, 
bu 
taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini 
isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik 
koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu 
koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan 
tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, 
ommaviy axborot vositalarini 
oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi 
koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
UNESCO 
tashkiloti tomonidan XXI asrda media 
taʼlimni targʻib qilish madaniy- 
maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu 
yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO 
odamlarning tanqidiy fikrlash va 
toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash 
uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni 
qoʻllab- 
quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, 
oʻqituvchilar, ommaviy axborot 
vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi 
qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, 
aʼzo davlatlarga milliy ommaviy 
axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini 
shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni 
oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu 
National Telemedia
Council 
(Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida 
joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab
„Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
2.Media va axborot savodxonligi tushunchasining mohiyati.
maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagn holda uni baholay 
olishdir.
Ayni paytda media ta`lim asoslarini har bir ta`lim muassasiga o`quv dasturiga 
kiritish,o`quvchilar yoshlarga maktablarda ta`lim jaroyonida uning asoslarini 
interaktiv, turli o`yinlar 
shaklida tushuntirish
, o`sib kelayotgan avlod tomonidan 
shiddatli axborot oqimidan zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda 
baholay olish imkonini beradi.
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media 
savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o`zini 
tutish qoidalari va o`z-o`zini himoya eta olishini o`rgatish juda muhimdir.


Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik 
boʻyicha dasturlar ishlab

chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida 
koʻrib chiqamiz.
— Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va
yaratishga imkon beradigan 
koʻnikmalar toʻplami.
Media savodxonlik 
isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, 
senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan 
koʻrsatish kabi holatlarga 
ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, 
shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish 
modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling