1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati
Axborot maydonida soxta xabarlar va ma’lumotlar ko‘paymoqda. Feyk — ingliz
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
media
Axborot maydonida soxta xabarlar va ma’lumotlar ko‘paymoqda. Feyk — ingliz
tilidagi “fake”, ya’ni soxta, uydirma, yolg‘on so‘zidan olingan. Bu o‘zbek tiliga, ayniqsa, jurnalistlarimiz tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmoqda. Biroq, ayrim holatlarda tushunib-tushunilmasdan, norasmiy ma’lumot ma’nosida ham qo‘llanilayapti. Bu noto‘g‘ri albatta. ENG MASHHUR SO‘Z Umuman olganda feyk — asosan internet kanallari orqali tarqatilishi urf bo‘layotgan soxta xabarlar yoki ma’lumotlardan iborat. Ingliz tilining eng nufuzli izohli lug‘atlaridan biri — Collins “fake news”ni “yangilik sifatida tarqatiladigan yolg‘on, ba’zan shov-shuvli axborot” sifatida tavsiflaydi. Qayd etish o‘rinliki, jahon matbuotida 2016 yildan buyon ushbu so‘z birikmasining ishlatilishi qariyb 400 foizga o‘sgan. Shu sababli Collins tuzuvchilari “fake news”ni “2017 yilning eng mashhur so‘zi” sifatida e’tirof etganlar. Feyk odatda ochiqdan-ochiq yolg‘on faktlar, uydirma raqamlardan tashkil topadi. Shu sababdan ularni aniqlash va inkor etish professional nuqtai nazardan 46 qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksariyat feyklar shov-shuvli, vahimali sarlavhalar ostida beriladi. Ammo feyklarning keng tarqalgan yana bir turi mavjudki, ular har tomonlama puxta tayyorlanadi. Go‘yoki muallif rasmiy hujjatlar, tekshiruv-tahlil xulosalariga tayanadi. Ko‘rinishidan haqiqiy materialdan farq qilmaydi. Ularni umumiy yangiliklar oqimi orasidan payqab olish qiyin. Aynan shuning uchun ham “puxta yolg‘onlar” omma orasiga ancha chuqur kirib boradi. Hatto media va axborot savodxonligi bor kishini ham ishontira olish kuchiga ega.Feyk xabarlar kutilmaganda paydo bo‘ladi va uzoq vaqtgacha turli ijtimoiy muhokamalar markazidagi “yangilik” sifatida aylanib yuraveradi. Afsuski, umumiy axborot oqimidan bu turdagi xabarlarni birdaniga topish yoki inkor etishning imkoniyati bo‘lmaydi. Buning uchun mutaxassis bo‘lish kerak. Lekin har safar internetga kirganingizda, soha eksperti sizning qo‘lingizdan yetaklab yurmaydi. Shu sababdan, bu kabi rostga o‘xshagan yolg‘onlarni o‘zingiz aniqlashni o‘rganganingiz ma’qul.Biroq, feyk yangiliklarni ajratib olishning oson hamda qulay usullari bor va bularni bilib qo‘yish hech kimga zarar qilmaydi. Avvalo, har qanday “urdi-surdi” sarlavhaga tanqidiy nazar bilan qarang, sovuqqonlik bilan yondashing. Ularga ishonishga shoshilmang. Saytning URL adresiga e’tibor bering. Feyk yangiliklar odatda o‘zini yetakchi, jiddiy axborot agentligi qilib ko‘rsatadigan qalbaki saytlar orqali tarqatiladi. Xabarni o‘qiyotgan manbangiz bilan chuqurroq tanishing. Agar u siz uchun yangi bo‘lsa, albatta saytning “Biz haqimizda” deb nomlangan bo‘limiga kiring. “Feykchilar” odatda bu joyga hech narsa yozmagan bo‘ladilar. Xabar matnidagi grammatik yoki uslubiy xatolarga qarang. Aksariyat holatlarda soxta xabarlar professional jurnalist bo‘lmagan odamlar tomonidan tayyorlanadi va shu sababli ularda xatolar, g‘alizliklar ko‘p uchraydi. Bu kabi matnlardagi foto va video materiallar ham soxta bo‘lishi mumkin. Videolarga boshqa ovoz yoki mimika qo‘shib montaj qilinadi. Rasmlar esa ko‘pincha “fotoshop”dan o‘tadi.Soxta xabarning e’lon qilingan kuniga e’tibor qiling. Ularda ko‘pincha sana ko‘rsatilmaydi. Chunki bunday xabarlar oradan yarim yil o‘tsa-da o‘quvchilarni laqqa tushiraveradi. Muallif qaysi manbaga tayanib, ushbu xabarni tayyorlaganligini bilib oling. Agar matnda “hammaga yaxshi ma’lumki” kabi iboralarni ko‘p uchratsangiz va jiddiy biron bir manbaga ishora qilinmasa, bilingki, u — feyk. Aynan, shu mavzudagi xabarlarni boshqa OAVdan ham qidirib ko‘ring. Chunki odatda muhim yangiliklarni bir paytning o‘zida boshqa axborot agentliklari, gazeta va TV ham beradi. Agar bu haqda faqat bitta notanish manbagina xabar bergan bo‘lsa, yolg‘on axborot.Butun dunyodagi kabi O‘zbekistonda ham axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning keskin ortishi barobarida mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi ijtimoiy munosabatlar, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ommaviy axborot vositalariga bag‘ishlangan XV bob, 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”, deb yozilgan. 47 “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida “Axborot olish erkinligining asosiy printsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir”, deyilgan. Bulardan tashqari, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida shunday qoida bor: “Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi mavjud. Ushbu markaz davlatimiz rahbarining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat olib bormoqda. 59- savol:DAROMAD TOPISH.FRILANSERLIK. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling