1. O’zbekistonda matbaachilik va noshirlik ishi tarixi


Download 195.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi195.9 Kb.
#1369829
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda noshirlik




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
_________________________________________________________- 
______________________________________________________ 
_________________________________________________ 
__________________________________________________-GURUX TALABASI 
___________________________________________________ning 
“_________________________________________________” FANIDAN 

___________________________________________________________

MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
 

Bajardi: _________________ 
Qabul qildi: _________________ 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2023 



MUNDARIJA 
KIRISH ……………………………………………………..…………………… 3 
1. O’zbekistonda matbaachilik va noshirlik ishi tarixi ……………………... 6
2. O’zbekiston davlat nashriyoti «O’zdavnashr» tashkil topishi …………… 8
3. Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to„g„risida”gi 
O’zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasiga tushuntirish…………… 11
XULOSA ……………………..………………………………………………… 14 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …… …………………………………. 16
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Noshirlik, nashriyot ishi, nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, 
tasviriy san‘at asarlari va boshqa shu kabi bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr 
qilish va uni tarqatishga oid soha. Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga 
qarab-kitob nashriyoti, kitob-jurnal nashriyoti, gazeta jurnal nashriyotiga bo’linadi. 
Qanday o’quvchilarga mo’ljallanganligiga ko’ra-ilmiy adabiyot, ommaviy adabiyot, 
bolalar adabiyoti, o’smirlar adabiyoti nashriyotlariga bo’linadi.
Mavzusiga ko’ra universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. 
Universal nashriyotlar (Mas, «Uzbekiston» nashriyoti) barcha xil yoki ko’p turdagi, 
ixtisoslashgan nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot va b.) muayyan soha 
bo’yicha kitoblar nashr etadi. Kitob va boshqa bosma maxsulotlar nashr etishda 
nashriyot muallif bilan tegishli shartnoma-nashriyot shartnomasini tuzadi. Unda 
muallif kitob qo’lyozmasini ma‘lum muddatda topshirish majburiyatini, nashriyot 
esa uni nashr etish, tarqatish (ayrim hollarda bu majburiyatni olmaydi) va muallifga 
tegishli haq (gonorar) to’lash majburiyatini oladi. Shartnomada kitobning adadi
chop etish muddati va boshqa majburiyatlar ham ko’rsatiladi. Nashriyot faoliyati 
markazida muharrirlik turadi.
Muharrir nashriyot chiqarmoqchi bo’lgan kitob qo’lyozmasini dastlab o’qib 
chiqib, o’z xulosasini beradi: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini ko’rsatib 
qo’lyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman taxrirga noloyiq 
topadi. Muharrir qo’lyozmani tahrir qilishda ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va adabiy nuqtai 
nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini 
shakllantirgan holda kitobning mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan 
muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va boshqa 
grammatik xatolarni tuzatadi.
Muharrir taxrir qilingan qo’lyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot 
rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni 
vaqtda texnik muxarrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar 
joylashtiriladi, qo’lyozma yoki terilgan matn sahifalanadi. Nashriyotda 
tayyorlangan qo’lyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurtmani 



bajaruvchi) o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun matbaaga 
topshiriladi. Kitobchilik ishi kitob bosish paydo bo’lishidan bir necha ming yillar 
oldin mavjud bo’lgan.
Xususan, O’rta Osiyoda millodan avvalgi asrlardayoq kitobchilik ishlari bilan 
shug’ullanganlar. Bu esa arablar istilosiga qadar anchagina nodir kitoblar yaratilgan. 
Arab xalifaligi davrida ham bu ish taraqqiy etdi. Tarixchi, xushnavis, qog’ozchi, 
muqovasoz, bezovchi (lovah) kasb egalari etishdi. Tarixchi yozuvchilar asarlarini 
ilgarigidek o’zlari ko’chirib o’tirmasdan bu ishni ulardan tez va yaxshiroq bajara 
oladigan mutaxassislarga topshiradigan bo’ldilar. Kitoblarni, asosan, qo’lda maxsus 
xushnavislar ko’chirib ko’paytirganlar. Shu tariqa xattotlik san‘ati (kalligrafiya) 
yuzaga keldi va takomillashib bordi. Kitob betlarini turli o’lchamdagi kataklarga 
bo’lish, sahifalarning chetlariga rang-barang chiziqlar, naqshlar chizish, kitob 
nomini muqovasiga va zarvaraqlariga oltin harf bilan yozish kitob bezagining 
odatdagi uslubiga aylandi.
Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Alisher Navoiy va boshqalarning asarlari faqat mazmun jihatidan emas, kitobat 
san‘ati bilan ham nodir hisoblanadi. Ularning ko’plari jahondagi yirik 
kutubxonalarda qimmatli yodgorliklar sifatida saqlanadi. O’rta Osiyoning 
mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi (XIII asrning 1 yarmi) butun madaniy hayotda 
bo’lgani kabi kitob yaratish va tarqatish ishlarini ancha sustlashtirdi. Temuriylar 
hukmronligi davrida u yana kengaydi. Ayniqsa, Shohrux, Ulug’bek davrida adabiy 
faoliyatda, xususan, kitobchilik ishlarida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Shohruxning 
o’g’li Boysung’ur tashabbusi bilan Hirotda katta bir kutubxona-ustaxona tashkil 
etilib, unga o'z davrining mashhur kotiblari, muhr va sozlari, rassom naqqoshlari 
va boshqa kitobsoz mutaxassislar jalb etilgan.
Ularga zarur kitoblarni ko’chirib yozish va ko’paytirish vazifasi yuklangan edi. 
Ustaxonada har bir qo’lyozma kitob bir necha mutaxassis qo’lidan o’tardi. Alisher 
Navoiy o’zbek xalqi ma‘naviy xazinasini boyitgan asarlar yozish bilan birgalikda 
badiiy qo’lyozma san‘atini yanada rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. XV-XVI 
asrning 1 yarmidagi badiiy qo’lyozma san‘atining uslub va an‘analari keyingi 



yillardagi kalligrafiya san‘atining asosini tashkil etdi. Minglab xattotlar shu 
davrning ustalaridan namuna oldilar, ularga ergashdilar.
Nashriyot bosma mahsulotlar chiqaradigan korxona, muassasa sifatida 
Evropada XVI asrda paydo bo’ldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar 
nashri ustida uzoq muddat ishlash, ishchilarni texnika va mablag‘ bilan ta‘minlash, 
kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari-matbaachi noshirlar 
paydo bo’lishini taqozo qildi. XIX asrga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining 
barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarqatish va b.)ni o’z ichiga 
olgan. XIX asr o’rtalarida poligrafiya sanoati o’sib, yangi, kuchli texnika bazasining 
vujudga kelishi bilan Noshirlikda nashriyot va poligrafiya korxonalarining 
ixtisoslashish jarayoni boshlandi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida nashriyotlar 
yalpisiga aksiyadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va 
gazeta-jurnal nashriyotlari trestlari vujudga keldi. XIX asrning 2 yarmida 
Rossiyaning chekka o’lkalarida, jumladan, Turkistonda ham Noshirlik yuzaga kela 
boshladi. 
Turkistonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika 
qo’mitalari shug’ullandi. Bu qo’mitalar Turkiston o’lkasiga oid turli ma‘lumotlarni, 
keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868 
yildan 1910 yilgacha Turkistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha 
kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A.Porsev, 
V.M.Ilin, Samarqanddagi G.I.Demurov bosmaxonalari mashhur bo’lgan. 1910-17 
yillarda o’zbekcha nashr qilingan kitoblarning ko’plari shu bosmaxonalardan 
chiqqan. 1874 yili Xivada Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil 
etilgan bosmaxona to 1910 yilga qadar kitob nashr etgan.




Download 195.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling