1. O’zbekistonda matbaachilik va noshirlik ishi tarixi


Download 195.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi195.9 Kb.
#1369829
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda noshirlik

Xulosa
 
XIX asrda Turkiston o’lkasining madaniy xayotidagi yorqin xodisalardan biri 
– bu Muxammad Azim Hoji Marg’iloniyning matbaachilik va noshirlik faoliyatidir. 
O’tgan asrning 1980 yillarida haj amalini, bajarish maqsadida yo’lga otlangan 
Muxammad Azimboy Marg’iloniy Bo’mbayda to’xtab matbaachilik xunarini 
o’rganadi. Bu matbaachining Qo’qondagi faoliyati haqida adib va noshir X.Shams 
o’zining qisqacha tarixi risolasida quyidagilarni bayon qilgan: «Marg’iloniy Azim 
Hoji haj safaridan qaytib kelishida, Hindistonda to’xtab, undagi tosh bosmalarni 
bittasiga kirib noshirlik ishlarini o’rganadi.
1887 yillarida u Bo’mbaydan tosh bosma asboblar olib, Turkistonga keladi. 
Qiziq, uni Rossiyada allaqachon, hatto Turkistonning o’zida toshbosma bor vaqtida 
Hindiston kabi uzoq, joyda tosh bosma asboblari olib kelishiga nima majbur etdi?! 
Azim Hoji bu manbadan bexabar bo’lishi mumkin edi, shu sababli uni Qo’qon 
shaxriga qurdi. Bu matbaa oradan ko’p vaqt o’tmay baxtsizlikka uchrab, o’t tushib 
kuyib ketdi. Qolganlarini gubernator musodara qildi.
Yashirin ravishda ish boshlagan ushbu matbaa xozirgi Xamza teatri ro’parasida 
ikki xonali joyda faoliyat boshlagan. Unda hijriy 1305-yilning ra‘bial avval oyida 
Muxammad Alixon madrasasida Fayzulox, bin Rizo al Xo’kandiy qalami bilan 
ko’chirilgan Aloviddin Bin Muxammad an Nasafiyning «Muz‘iy» risolasiga sharx 
chop etiladi. Asarning titul saxifasida: Darbaldai Xuqandar matbaai Hoji Azimjon 
tab‘ gardida, mashxuri jaxon shud" degan yozuv bo‘lgan. Demak, yuqoridagi arab 
tili darsligiga yozilgan sharh, Azim Hoji litografiyasining Qo’qon shahridagi ilk 
mahsulidir.
Qo’qonda qo’lyozmalari instituti ilmiy xodimi A.Madaminov tomonidan ushbu 
shaharda istiqomat qiluvchi A.Axmedovdan olingan kitob ham Azim Hoji 
toshbosma matbaasining mahsulidir. U beshta mustaqil kitobdan iborat bo’lib ulkan 
shoir Fariddin Attorning «Mantiq ut-tayr», «Fa‘zun najot», ‘Farzi a‘yn» kabi asarlari 
edi. Keyingi qidiruvlardan ma‘lum bo’ladiki, Muxammad Azim Hoji bosmaxonani 
Qo’qonga olib kelmasdan ancha ilgari Marg’ilon shahriga o’rnatgan ekan. 1302- 
1884 hijriy yilning shabon oyida ko’chirilib Marg’ilon shahrida chop etilgan 


15 
asarlardan biri Xofizning 272 betlik «Devon»idir. Asarning 27 betida so’nggi so’zi 
berilgan bo’lib, 1302-1884 yilda kitob Marg’ilon shaxrida nashr etilgani qayd 
etiladi. Uzoq vaqtlar mazkur soha bilan shug’ullanib kelgan tarix fanlari doktori. 
professor G.N.Chabrov o’zining ilmiy maqolasida o’zbek tilida kitob nashr etish 
Farg’ona vodiysida, Qo’qonda 1904 yildan boshlangan degan fikrni bildiradi. 
Tarixchi M.Rustamov «O’zbek kitobi» asarida ushbu fikrning to’g’riligini 
tasdiqlagan.
«Toshbosma asarlarining o’zbek adabiyoti tarixidagi o’rni» mavzusida 
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. R.Maxmudovning ilmiy maqolasida 
ko’rsatilishicha, birinchi o’zbek ziyolilari tomonidan tashkil etilgan matbaa 
Toshkentning Sag’bon maxallasida yashagan G’ulom Hasan Orifjonovdir. 
Orifjonov Moskvadan 700 so’mlik mashina olganligini xabar qilgan. Burxon 
Sharifning «Vaqt» gazetasida bergan axborotiga ko’ra, mazkur matbaa 1898 yilda 
ochilgan. Bu tadqiqotdagi noaniqlik «G’ulom Hasan Orifjon matbaasining» XX asr 
boshlarida paydo bo‘lgan deb ko’rsatilib, yana uni birinchi matbaachi ziyoli deb 
ko’rsatishidir. G’ulom Hasan Orifjonov matbaasi to’g’risida berilgan yuqoridagi 
axborotlari ham to’g’ri emasga o’xshaydi.
Chunki olim foydalangan matbaalarni ko’rsatib o’tishicha, 1320 (1902-1903) 
yillarda Orifjonov matbaasida Navoiyning «Devon»i va «Majolis-un nafois» asarlari 
nashr etilgan. Agar G.H.Orifjonov litografiyasi 1898 yilda o‘z faoliyatini boshlagan 
degan fikrni e‘tiborga olgan taqdirda ham, marg’ilonlik Azim Hoji toshbosma 
matbaasi undan o’n to’rt yil avval o’z faoliyatini yo’lga qo’yganligi guvohi 
bo’lamiz. Yana shu narsani ta‘kidlab o’tish kerakki, Azim Hoji litografiya tashkil 
etgan davrdan Turkiston o’lkasida ikkita toshbosma matbaa: Xiva xoni Muxammad 
Raximxon II saroyida (podshozamon litografiyasi) va Toshkentda savdogar 
E.I.Laxtin qaramog’ida mavjud edi. Uning ma‘rifat va ma‘naviyat sari dadil 
qadamini qo’ygan va amaliyotda buni isbotlagan Azim Hoji Marg’iloniy hatto 
Marg’ilon shahrida "Chan adad machitlar bino qilgan. Demak, u ham birinchi o’zbek 
ma‘rifatparvarlaridandir.


16 

Download 195.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling