1. O’zbekistonda matbaachilik va noshirlik ishi tarixi


Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston


Download 195.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi195.9 Kb.
#1369829
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda noshirlik

3. Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasining Qonuni loyihasiga tushuntirish
 
Yangi tahrirdagi «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi Qonun loyihasi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va 
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish 
hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida» 2017 
yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan Kitob mahsulotlarini 
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar 
Dasturining 1-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan 
tashqari, loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF-
5505-son farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish 
konsepsiyasi talablariga muvofiq takomillashtirildi.
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizda 
2017-2021 
yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi doirasida barcha soha va tarmoqlarda keng ko’lamli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. SHu bilan birga, hayotimizdagi ezgu qadriyatlar va an‘analarimizni 
yanada mustahkamlash, xususan, xalqimizning ma‘naviy va intellektual salohiyatini 
yuksaltirish, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning dunyoqarashini kengaytirish 
hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida kitob mutolaasi va 
kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning ma‘naviy-
ma‘rifiy va estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni nashr qilish, kitoblarni qulay 
narxlarda joylarga, shu jumladan, ta‘lim muassasalariga etkazib berish, milliy va 
jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, o’sib kelayotgan avlodda 
bolalikdan kitobga mehr uyg’otish, ularda elektron kitoblarni o’qish qobiliyatini 
shakllantirish – kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishning asosiy 
vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda noshirlik-matbaa sohasini 
qo’llab-kuvvatlash va rivojlantirish, sog’lom raqobatga asoslangan bosma va 


12 
elektron kitob mahsulotlari bozorini yaratishni hayotning o’zi taqozo qilmoqda. 
Ta‘kidlash joizki, oxirgi vaqtlarda ushbu sohada sezilarli ishlar amalga 
oshirilmoqda, xususan, tegishli normativ-huquqiy baza mustahkamlanmoqda va 
mazkur sohani har tomonlama va tizimli ravishda tartibga soluvchi asosiy qonunga 
– «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Qonun normalarining bevosita ta‘sirini, mazkur sohadagi normative-huquqiy baza 
birlashuvi va tizimlanishini ta‘minlash maqsadida xalqaro huquqni qo’llash 
amaliyotida tatbiq etilgan quyidagi yangi qoidalarni nazarda tutuvchi yangi 
tahrirdagi «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni 
loyihasi ishlab chiqildi:
2. Asosiy tushunchalarni kiritish (“noshirlik faoliyati”, “nashriyot”, “noshirlik 
mahsuloti”, “matbaa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi”, “nashrniing chiqishiga doir 
ma‟lumotlar”, “noshirlik faoliyati sub‟ektlari” va boshqalar): 
kiritilayotgan atamalar ta‘riflari tizimi nafaqat amaldagi qonunning muayyan 
qoidalari noaniqligining oldini oladi, balki zamonaviy qonunchilik texnikasiga, 
hozirgi amaliyotning talablariga, shuningdek, noshirlik faoliyatining institutsional 
rivojlanishidagi tendensiyalariga muvofiq matnni bayon etish uchun konstruktiv 
imkoniyatlar yaratadi.
3. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibini bekor qilish: litsenziyalash 
tartibini bekor qilish – noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibini bekor qilib, 
noshirlik faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish 
tizimini joriy qilish, milliy amaliyotni xalqaro standartlar talablariga moslashtirish 
va noshirlik ishida tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga yordam beradi.
4. Axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlarga nashrlarning majburiy 
bepul nusxalarini taqdim etishni tartibga solish yo’li bilan milliy bosma nashrlar 
fondi rivojlanishining huquqiy asoslarini shakllantirish: xalqaro amaliyotga 
muvofiq, bosma mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari uchun har bir nashrning bepul 
nusxalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
ro’yxatga asosan O’zbekiston milliy kutubxonasi, shuningdek, boshqa muassasa va 


13 
tashkilotlarga taqdim etish majburiyatlari joriy qilinishi milliy nashrlar fondini 
yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan nashrlarning saqlanishi va hisobining 
yuritilishini tashkil etishi, ulardan jamoatchilikning foydalanishi va fuqarolarning 
axborotdan erkin foydalanish huquqi kafolatlariga amal qilishi uchun shart-sharoit 
yaratadi.
5. Noshirlik faoliyati sub‟ektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-
tadbirlarini amalga oshirish usullarini aniqlash: noshirlik faoliyati sub‘ektlarini 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali, xususan, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish 
uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida» 2011 yil 30 
dekabrdagi PQ-1672-son qaroriga asosan belgilangan chora-tadbirlarni qonunchilik 
bilan mustahkamlash orqali: ularning moliyaviy holati va moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash; axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb 
qilish; noshirlik faoliyatini amalga oshirishda soliq va boshqa imtiyozlarni belgilash.
6. Noshirlik faoliyati sub‟ektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash: 
qonun loyihasi bilan noshirlik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, ushbu sohadagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari 
yaratiladi, 
shartnomaviy-huquqiy 
munosabatlar 
shakllantiriladi, 
nashriyot 
ta‘sischilari va bosma mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning asosiy huquq va 
majburiyatlari belgilanadi.


14 

Download 195.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling