muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 91-moddasiga ko’ra, prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda
quyidagi vazifalarni birga olib bormasligi kerak:
Birinchidan, boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallash;
Ikkinchidan, vakillik organining deputati bo’lishi;
Uchinchidan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik huquqiga ega. Prezidentning daxlsizligi mutlaq bo’lib, u bajaradigan
majburiyatlardan kelib chiqib, prezidentning qonunlar bilan alohida muhofaza etilishini anglatadi.
Prezident shaxsining daxlsizligi unga qarshi jinoyat ishi qo’zgatilishi mumkin emasligini bildiradi. Prezident majburiy
ravishda, masalan, guvoh sifatida sudga chaqirilishi, majburiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Prezident hibsga
olinishi, tintuv etilishi va shaxsiy ko’zdan kechirilishi mumkin emas. Shu ma`noda Prezidentning shaxsi daxlsizdir.
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab, o’z lavozimini bajarishga
kirishadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament deputatlari oldida tantanali ravishda qasamyod qabul qiladi.
Qasamyod qabul qilishda Prezidentning qo’l ostida Konstitutsiya matni bo’ladi. Prezident O’zbekiston xalqiga sadoqat
bilan xizmat qilishga, Respublikaning konstitsiya va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va
erkinliklariga kafolat berishga, o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qiladi. Prezident
qasamyod qabul qilishi bilan, davlat madhiyasi ijro etiladi. Agar bir shaxs ikkinchi marta Prezident bo’lib saylansa,
qasamyod takroran qabul qilinadi.
Prezidentning qasamyodi faqat rasmiy tantanali marosim sifatidagina qabul qilinmaydi. Shuningdek, u yuridik
Do'stlaringiz bilan baham: |