Fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash borasida ham respublika Prezidentiga katta vakolatlar berilgan. Prezident inson
huquqlarini himoya qilish uchun shaxsan javobgardir. Respublika Prezidenti fuqarolar xavfsizligini saqlash uchun
kerakli choralar ko’radi. Jumladan, favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar,yirik halokat, tabiiy
ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashni ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining
butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi.
O’zbekiston Prezidenti xalqaro munosabatlarda respublika nomidan ish ko’radi. Uning xalqaro sohadagi vakolatlarni
ana shu holda belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan vaqtda xalqaro miqyosda aloqa qilishga umuman huquqi yo’q
edi. Mustaqillikka erishgandan so’nggina, u xalqaro munosabatlarda mustaqil sub`yekt sifatida ishtirok etmoqda.
Respublika Prezidenti birinchi navbatda mamlakat xalqaro siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, o’z davlatining
vakili sifatida xalqaro munosabatlarda yuqori vakillikni olib boradi; chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan
muzokaralar o’tkazadi, bitim va shartnomalar tuzadi, ularni imzolaydi, respublikaning tuzilgan hujjatlarga rioya etishini
ta`minlaydi.
Respublika Prezidenti o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv
yorliqlarini qabul qiladi.
Respublika Prezidenti mamlakatimizga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish bo’yicha tuzilgan
shartnoma majburiyatlarini bajarish zarurati tug’ilganda urush holati e`lon qilish huquqiga ega va bu to’g’ridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |