1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
-§. QO‘NG‘IR VA QIZIL SUVO‘TLAR BO‘LIMLARI
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
41-§. QO‘NG‘IR VA QIZIL SUVO‘TLAR BO‘LIMLARI.
1. Dengiz suvo‘tlarining bo‘yi qancha? J: bir necha santimetrdan 60−70 metrgacha bo‘ladi. 2. Dengiz suvo‘tlari qanday holatda o‘sadi? J: suv tagidagi loy, qum, tosh va boshqalarga yopishgan holatda. 3. Dengiz suvo‘tlarida xromatoforida xlorofildan tashqari qanday pigmentlar mavjud? J: karotin (sariq), ksantofil (zarg‘aldoq), qo‘ng‘ir va qizil rang beruvchi pigmentlar. 4. Yapon laminariyasi qaysi turkumga mansub? J: Laminariya turkumiga. 5. Yapon laminariyasi tanasining yuqori qismining tuzilishi qanday? J: uzun tasmasimon. 6. Yapon laminariyasining bo‘yini ayting? J: 6−12 m. 7. Yapon laminariyasining enini ayting? J: 10−75 sm. 8. Yapon laminariyasi tanasini pastki qismining tuzilishi qanday? J: kalta silindrsimon yoki novsimon. 9. Yapon laminariyasi dengizning qaysi qismlarida o‘sadi? J: dengiz qirg‘og‘idan boshlab, to 25−35 m chuqurlikkacha bo‘lgan va suvning doimo harakatlanib turadigan yerlarida, ayniqsa, Yapon dengizini shimoliy qismida keng tarqalgan. 10. Yapon laminariyasining ko‘payish usulini ayting? J: jinssiz (zoosporalar orqali) va jinsiy. 11. Yapon laminariyasi tarkibida qanday moddalar to‘planadi? J: ko‘p miqdorda darmondori, shakar va boshqa oziqbop moddalar. 12. Yapon laminariyasi nima uchun dengiz karami deb ham aytiladi? J: tanasida ko‘p miqdorda darmondori, shakar va boshqa oziqbop moddalar bo‘lgani uchun. 13. Qayerda dengiz suvo‘tlaridan uy hayvonlarini boqishda foydalaniladi va buning sababi nima? J: Norvegiya, Islandiya, Shotlandiya, Irlandiya, Angliyada, chunki ular o‘zlarining kimyoviy tarkibi jihatidan yaxshi sifatli xashakdan qolishmaydi. 14. Sanoatda dengiz suvo‘tlaridan qanday moddalar olinadi? J: yod va brom. 15. Qaysi suvo‘tlardan agar-agar olinadi? J: qizil suvo‘tlarga oid filloforadan. 16. Agar-agar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi? J: oziq-ovqat sanoatida marmelad va muzqaymoq tayyorlashda va laboratoriyalarda bakteriyalar va zamburug‘larni o‘stirish uchun oziq sifatida qo‘llaniladi. 17. Laminariya turkumiga necha tur kiradi? J: 30 ta. 18. Qo‘ng‘ir suvo‘tilarga misol ayting? J: yapon laminariyasi. 19. Qizil suvo‘tilarga misol ayting? J: porfira, fillofora va nemalion. 20. Yashil suvo‘tilarga misol ayting? J: ulva. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling