1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI.
I-BOB. GULLI O‘SIMLIKLAR.
1-§. GULLI O‘SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH. 1. Yer yuzida gulli o‘simliklar necha turi bor? J: 250 mingdan ortiq. 2. Gulli o‘simliklarning hammasi uchun xos bo‘lgan belgi? J: o‘z hayoti davomida gullab meva tugish. 3. Gulli o‘simliklarni tanasi qaysi qismlardan iborat? J: ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘. 4. Seyshel palmasi qayerda o‘sadi? J: seyshel orolida. 5. Seyshel palmasi yong‘oqlari qancha vaqtda pishadi? J: o‘n yil (120 oy). 6. Seyshel palmasining yong‘oqlarining ogirligi qancha? J: 25 kg. 7. Meksika kaktusi tanasida qancha suv saqlaydi? J: 200 litrgacha. 8. Ajdar daraxti qayerda o‘sadi? J: kanar orolida. 9. Ajdar daraxti qancha yashaydi? J: 6000 yilgacha. 10. Rafleziya qayerda o‘sadi? J: sumatra orolida. 11. Rafleziya gulining diametri? J: 1 metr. 12. Jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan o‘simliklar? J: saksovul va qandim. 13. Poyasi suv tagida, guli suv yuzasida ochiladigan o‘simlik? J: nilufar. 14. Hasharotxo‘r o‘simlik? J: suv qaroqchisi. 15. Tabiat ko‘rki bo‘lgan o‘simliklar? J: qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagul. 16. Noyob mevali o‘simliklar? J: pista, bodom, safsan. 17. Tabobatimiz gavhari bo‘lgan o‘simliklar? J: chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir. 18. Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi nima bilan bog‘liq? J: ekologik sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq 19. Vegetativ so‘zining ma’nosi? J: lotincha ”vegetatio” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘sish, rivojlanish degan ma’noni bildiradi. 20. Generativ so‘zining ma’nosi? J: lotincha ”generate” so‘zidan olingan bo‘lib, yaratmoq, tuzmoq degan ma’noni bildiradi. 21. Vegetativ organlarni ayting? J: ildiz, poya, barg. 22. Generativ organlarni ayting? J: gul, meva, urug‘. 2-§. O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. 1. Hayotiy shakl − ...? J: o‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishi. 2. Gulli o‘simliklarning qanday hayotiy shakllari mavjud? J: daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar. 3. Daraxt − ...? J: bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklar. 4. Shox-shabbasi yoyiq darxtlar? J: olma, o‘rik, yong‘oq, shaftoli. 5. Shox-shabbasi g‘uj va tik darxtlar? J: qarag‘ay va terak. 6. Shox-shabbasi sharsimon darxtlar? J: sadaqayrag‘och. 7. Tog‘larning o‘rta qismidagi archalarning bo‘yi qancha? J: bo‘ydor. 8. Tog‘larning eng baland qismidagi archalarning bo‘yi qancha? J: 0,5−1 m. 9. Tog‘larning eng baland qismidagi archalarning bo‘yi 0,5-1 m bo‘lishiga sabab nima? J: archalarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi. 10. Buta – ...? J: bir nechta yog‘ochlashgan poya – tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. 11. Butalarni qaysi qismidan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi? J: ildizidagi qo‘shimch kurtaklardan. 12. Butalarga misol? J: irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin, maymunjon. 13. Yarimbuta – ...? J: poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklar. 14. Yarimbutalar asosan qayerda keng tarqalgan? J: cho‘llarda. 15. Yarimbutalarga misol? J: izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq, itsigak. 16. Ko‘p yillik o‘tlar – ...? J: yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar hisoblanadi. 17. Ko‘p yillik o‘tlarga misol? J: beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar, qulupnay. 18. Ikki yillik o‘tlar – ...? J: birinchi yili urug‘dan ko‘karib chiqib, vegetativ organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan, ikkinchi yili gullab meva tugadigan o‘simliklar. 19. Ikki yillik o‘tlarga misol? J: lavlagi, sabzi, sholg‘om, karam, sigirquyruq. 20. Bir yillik o‘tlar – ...? J: bir yil ichida urug‘dan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib, o‘z hayotini tugatadigan o‘simliklar. 21. Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy bir yillik o‘simliklarga misol? J: g‘o‘za, bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon (kungaboqar, zubturum). 22. Yer yuzidan 5-20 sm ko‘tarilib o‘sadigan bir yillik o‘simliklar? J: momaqaltiroq, qo‘ytikan. 23. Bo‘yi 1 m dan oshadigan bir yillik o‘simliklar? J: makkajo‘xori, kanop, kanakunjut. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling