1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
24-§. URUG‘.
1. Urug‘ − ...? J: urug‘li o‘simliklarning ko‘payish organi. 2. Urug‘ qanday qismlardan iborat? J: murtak, endosperma va po‘stdan. 3. O‘simliklar urug‘pallasi soniga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi? J: bir va ikki urug‘pallalilar. 4. Ikki urug‘pallali o‘simliklarni murtagi qaysi qismdan iborat? J: ildizcha, poyacha, kurtakcha va ikki urug‘pallabarg. 5. G‘o‘za chigitining tuzilishi qanday? J: chigit (urug‘)i ustidan qalin yog‘ochsimon qobiq bilan o‘ralgan va qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya’ni tolalar joylashgan. Yog‘ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po‘st, uning ostida esa qat-qat bo‘lib joylashgan ikki urug‘pallali murtak o‘rnashgan. 6. Bir urug‘pallali o‘simliklarning urug‘ murtagida nimalar joylashgan? J: boshlang‘ich ildizcha, poyacha, kurtakcha va bitta urug‘palla. 7. Bir urug‘pallali o‘simliklarga misol? J: bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori. 8. Bug‘doy urug‘ining tuzilishini ayting? J: urug‘i (doni) cho‘ziq shaklda. Uning sirti yupqa sariq po‘st bilan qoplangan. Bu po‘st qo‘shilib o‘sgan ikkita qobiqdan iborat. Tashqisi meva qobigi, ichkisi esa urug‘ po‘sti hisoblanadi. 9. Urug‘ning tarkibida suv borligini bilish uchun nima qilish kerak? J: probirkaga bug‘doy yoki boshqa о’simlik urug‘idan solib, uni alanga ustida tutib qizdiring. Oradan kop vaqt o‘tmay, probirka devorida hosil bo‘lgan suv tomchilarini ko‘rish mumkin 10. Urug‘ning tarkibida organik borligini bilish uchun nima qilish kerak? J: urug‘ tarkibidagi suv bug‘latib yuborilgandan keyin yana qizdirishda davom etilsa, urug‘ tutay boshlaydi va kuygan hid taraladi, urug‘ qorayib yorilib-yorilib ketadi. Bunda urug‘ning asosiy qismini tashkil etgan organik moddalar kuyadi. 11. Urug‘ning tarkibida mineral moddalar borligini bilish uchun nima qilish kerak? J: urug‘ kuydirilgandan so‘ng, probirka ostida kul qoladi. Bu kul mineral moddalardan iborat. 12. Urug‘ tarkibida qaysi organik moddalar bo‘ladi? J: kraxmal, oqsil, moy. 13. Kraxmal ko‘p o‘simliklarga misol? J: bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa donli o‘simliklar. 14. Oqsil ko‘p o‘simliklarga misol? J: loviya, mosh, no‘xatda. 15. Moy ko‘p o‘simliklarga misol? J: yong‘oq, bodom, o‘rik, shaftoli va yeryong‘oq mag‘izida, kungaboqar pistasida va g‘o‘za chigitida. 16. Urug‘ tarkibidagi oziq moddalar qayerda saqlanadi? J: urug‘palla va endospermada. 17. Efir moy ko‘p o‘simliklarga misol? J: zira, shivitda. 18. Zaharli moddalar ko‘p o‘simliklarga misol? J: mastak, achchiq bodom, shaftoli, kampirchopon. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling