1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
23-§. MEVALAR.
1. Chin meva − ...? J: meva tugunchaning o‘zidan hosil bo‘ladi. 2. Chin mevali o‘simliklarga misol? J: o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, gilos. 3. Soxta meva − ...? J: mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari, gulning boshqa qismlari (gulqo‘rg‘on, gulo‘rni va b) ham ishtirok etadi. 4. Soxta mevali o‘simliklarga misol? J: olma, nok, behi. 5. Mevaning vazifasi? J: 1) urug‘ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirdan himoyalab turadi; 2) urug‘ning tarqalishiga yordam beradi. 6. Ho‘l meva − ...? J: oraliq qismi seret va qalin bo‘lgan meva. 7. Ho‘l mevali o‘simliklarga misol? J: o‘rik, shaftoli, olcha. 8. Quruq meva − ...? J: oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo‘lgan meva. 9. Quruq mevali o‘simliklarga misol? J: no‘xat, mosh, loviya, bug‘doy, makkajo‘xori. 10. Ho‘l mevalarning qanday turlari bor? J: rezavor, qovoq, danak, olma meva va b. 11. Rezavor mevali o‘simliklarga misol? J: uzum navlari, pomidor, qoraqat, ituzum. 12. Qovoq mevali o‘simliklarga misol? J: qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq, bodring. 13. Qovoq mevaning rezavor mevadan farqi? J: po‘sti qalin va qattiq. 14. Danak mevalar qaysi belgilari bilan ajralib turadi? J: qattiq danagi, sersuv eti, danagi ichida joylashgan bittadan (ba’zan ikkitadan) mag‘izi bilan. 15. Danak mevali o‘simliklarga misol? J: o‘rik, olxo‘ri, olcha, gilos. 16. Qanday mevali o‘simliklarda inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy bo‘ladi? J: danak mevali. 17. Olma mevali o‘simliklarga misol? J: olma, nok, behi. 18. Quruq mevalarning qanday xillari bor? J: chatnaydigan va chatnamaydigan. 19. Chatnamaydigan mevali o‘simliklarga misol? J: bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori. 20. Chatnaydigan mevalarning qanday xillari mavjud? J: qo‘zoq, qo‘zoqcha, dukkak, ko‘sak. 21. Ko‘sak meva − ...? J: bir nechta mevabargdan iborat va urug‘ pishgach chokidan ochiladi. 22. Ko‘sak mevali o‘simliklarga misol? J: g‘o‘za, lola, bangidevona, chuchmoma, boychechak. 23. Dukkak meva − ...? J: bitta mevabargdan hosil bo‘lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi chokidan ochiladi va urug‘lari mevapallaga birikib turadi. 24. Dukkak mevali o‘simliklarga misol? J: no‘xat, mosh, loviya, burchoq, oq akatsiya. 25. Qo‘zoq meva − ...? J: ikkita mevabargdan hosil bo‘ladi, pishgach ikkita pallaga ajraladi va pallalar orasida yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar birikadi. 26. Qo‘zoq mevali o‘simliklarga misol? J: karam, qurttana, rediska, turp. 27. Qo‘zoqcha meva − ...? J: tuzilishi bilan qo‘zoq mevaga o‘xshaydi, faqat bo‘yi kaltaroq bo‘ladi. 28. Qo‘zoqcha mevali o‘simliklarga misol? J: jag‘-jag‘. 29. Qanotchali mevali o‘simliklarga misol? J: zarang, qayrag‘och, shumtolga o‘xshash manzarali daraxtlarning mevasi. 30. Mevalarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati qanday? J: o‘simliklarning ko‘payishi, tarqalishi va nasl qoldirishi uchun kerak. 31. Qaysi mevalar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi? J: olma, yong‘oq, о‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat. 32. Qaysi mevalar dori-darmon sifatida foydalaniladi? J: marmarak, zubturum, na’matak. 33. Mevalardan olinadigan moy xalq xo‘jaligini qaysi sohalarida qo‘llaniladi? J: texnika, og‘ir sanoat, atir-upa. 34. O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan ziravor o‘simliklar? J: zira, alqor, kashnich, sedana, murch. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling