1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet12/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

21-§. GULLARNING XILMA-XILLIGI.

1. Ikki jinsli gul − ...? J: bitta gulda ham changchi, ham urug‘chi bo‘ladi.


2. Ikki jinsli gulli o‘simliklarga misol? J: o‘rik, gilos, olma, shaftoli.
3. Bir jinsli gul − ...? J: gulda faqat urug‘chi yoki changchining o‘zi bo‘lsa.
4. Bir jinsli gulli o‘simliklarga misol? J: tol, gazanda, tut, terak, qayin.
5. Chanchili gul − ...? J: gulda faqat changchi bo‘ladi.
6. Urug‘chili gul − ...? J: gulda faqat urug‘chi bo‘ladi.
7. Bir uyli o‘simlik − ...? J: bitta tupda ham changchi, ham urug‘chi gul alohida-alohida joylashadi.
8. Bir uyli o‘simliklarga misol? J: makkajo‘xori va qovoq.
9. Ikki uyli o‘simlik − ...? J: o‘simlikni changchili guli bir tupda va urug‘chili guli boshqa tupda bo‘lsa.
10. Ikki uyli o‘simliklarga misol? J: gazanda, terak, tol.
11. To‘g‘ri gul − ...? J: gulqo‘rg‘on ikkitadan ortiq teng bo‘lakka ajraladi.
12. To‘g‘ri gulli o‘simliklarga misol? J: olma, behi, shaftoli, g‘o‘za, na’matak, qo‘ng‘iroqgul, lola, suvyig‘ar.
13. Qiyshiq gul − ...? J: gul faqat teng ikki bo‘lakka ajraladi yoki umuman teng bo‘lakka ajralmaydi.
14. Qiyshiq gulli o‘simliklarga misol? J: nastarin, gladiolus, kiyiko‘t, marmarak, isfarak, binafsha, loviya, beda, angishvonagul, parpi, rayhon, burchoq.

22-§. TO‘PGULLAR.

1. To‘pgul – …? J: bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisi.


2. To‘pgul hosil qilmaydigan o‘simliklarga misol ayting? J: lola, binafsha va behi.
3. To‘pgullarni avzaligini ayting? J: to‘pguldagi gullar yakka gullarga qaraganda yaxshi changlanadi.
4. Oddiy to‘pgullar – …? J: gullari asosiy gulpoya (to‘pgul o‘qi)da joylashgan to‘pgullar.
5. Murakkab to‘pgullar – …? J: bir qancha oddiy to‘pgullarni yig‘indisi.
6. Oddiy shingil to‘pgulni tuzilishini ayting? J: gullar uzun gulpoyada gulbandlari yordamida navbat bilan joylashadi.
7. Oddiy shingil to‘pgulga misol ayting? J: karam, qurttana, jag‘-jag‘, rediska, qashqarbeda.
8. Oddiy boshoq to‘pgul tuzilishini ayting? J: mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi.
9. Oddiy boshoq to‘pgulga misol ayting? J: zubturum.
10. Oddiy qalqonsimon to‘pgulga misol ayting? J: olma, nok, gilos, olcha.
11. Oddiy qalqonsimon to‘pgul tuzilishini ayting? J: qalqoncha to‘pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi va gulpoyani pastki qismidagi gullarni bandi yuqoridagilarga nisbatan uzunroq bo‘lgani uchun gullarning yuqori qismi bir xil tekislikda bo‘ladi.
12. So‘ta to‘pgulni tuzilishini ayting? J: yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan.
13. So‘ta to‘pgulga misol ayting? J: makkajo‘xorining urug‘chili gullari.
14. Bosh(kallak)cha to‘pgulga misol ayting? J: sebarga
15. Bosh(kallak)cha to‘pgulni tuzilishini ayting? J: gullari kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shaklda.
16. Soyabon to‘pgulni tuzilishini ayting? J: gullar bir xil uzunlikdagi bandi bilan gulpoyani uchki qismida joylashadi.
17. Soyabon to‘pgulga misol ayting? J: piyoz.
18. Savatcha – …? J: gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘pgul.
19. Savatcha to‘pgulga misol ayting? J: kungaboqar, qoqio‘t.
20. Kuchala to‘pgulga misol ayting? J: yong‘oq, oqqayin va tol.
21. Kuchala to‘pgulni tuzilishini ayting? J: boshoqqa o‘xshash, asosiy gulpoyasini osilib turishi bilan farq qiladi.
22. Murakkab soyabon to‘pgulga misol ayting? J: sabzi, ukrop (shivit), petrushka, shashir va bodiyon.
23. Murakkab soyabon to‘pgulni tuzilishini ayting? J: asosiy gulpoyani uchki qismida joylashgan oddiy soyabonchalardan tashkil topadi.
24. Murakkab boshoq to‘pgulni tuzilishini ayting? J: asosiy gulpoyada oddiy boshoqchalar joylashgan.
25. Murakkab boshoq to‘pgulga misol ayting? J: bug‘doy, arpa, javdar va bug‘doyiq.
26. Murakkab shingil to‘pgulni tuzilishini ayting? J: u asosiy gulpoyada joylashgan shingillar (nastarin, tok)dan yoki boshoqchalar (makkajo‘xorini changchili gullari, sholi, suli)dan iborat.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling