1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500
Download 135.01 Kb.
|
6-sinf biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI.
14-§. POYANING BO‘YIGA O‘SISHI.
1. Novda nimani hisobiga o‘sadi va uzayadi? J: uchki kurtakdagi o‘sish konusi hujayralarni bo‘linishi hisobiga. 2. O‘sish konusini ko‘rish uchun nima qilish kerak? J: poya uchidagi kurtakning boshlang‘ich barglari yulib tashlash kerak. 3. O‘sish konusini mikroskop ostida ko‘rilsa nimani ko‘ramiz? J: yupqa qobiqli hujayralarni. 4. Yon novdaning urug‘dan qanday hosil bo‘lishini ayting? J: urug‘ning murtagidagi boshlang‘ich poyasidan asosiy poya о‘sib chiqadi va undan yon novdalar hosil bo‘ladi. 5. Poya qachon tez o‘sadi? J: poyaning o‘suvchi qismidagi hujayralar oziq moddalarga ko‘p bo‘lganda ya’ni bahorda. 6. Poyaning o‘sishi nimaga bog‘liq? J: uchki o‘sish nuqtasiga 7. 5 yoshli archaning bo‘yi qancha keladi? J: 10−15 sm. 8. Tok kabi ilashib o‘suvchi o‘simliklar bir yoz davomida qancha o‘sadi? J: 10 m. 9. O‘zbekistonda tez o‘sadigan daraxtlarga misol ayting? J: tol, terak, chinor, yong‘oq, gilos. 10. Sekin o‘sadigan daraxtlarga misol ayting? J: nok, do‘lana, qatrong‘i, pista va b. 11. Poyaning eniga o‘sishini nima ta’minlaydi? J: poyaning kambiy qavati. 12. Nima uchun yog‘ochlik lubga nisbatan yog‘on bo‘ladi? J: bo‘lingan kambiy hujayralarining ko‘p qismi yog‘ochlikka, kam qismi lubga o‘tganligi uchun. 13. Nimaga kambiy hujayralari bahorda yirik, yozda mayda bo‘lib bo‘linadi va kuzda bo‘linishdan to‘xtaydi? J: kambiy hujayralariga suv va unda erigan oziq moddalarining kelishi bahorda ko‘p, yozda kam, kuzda to‘xta-ganligi uchun. 14. Daraxtlar yoshi qanday aniqlanadi? J: yillik halqalarning soniga qarab. 15. Yillik halqa − ...? J: yog‘ochlikning bir yil davomida hosil bo‘lgan qavati. 16. Sekvoyadendronning pastki qismining yo‘g‘onligi qancha? J: 46 m. 17. Sekvoyadendronning bitta qubbasida nechta urug‘ bo‘ladi? J: 200 ta. 18. Sekvoyadendronning nechta urug‘ 1 kg keladi? J: 196000 ta. 15-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI. 1. Barg − ...? J: novdani yon vegetativ organi. 2. Bargni vazifalarni sanang? J: fotosintez, suv bug‘latish – transpiratsiya, gazlar almashinuvi va vegetativ ko‘payishga xizmat qiladi. 3. Barg qanday qismlardan tashkil topgan? J: barg yaprog‘i va barg bandi (ayrim o‘simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo‘ladi). 4. Bandsiz bargli o‘simliklarga misol? J: lola, shirach, gulsafsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi, saksovul, qandim. 5. Bandli bargli o‘simliklarga misol? J: olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o‘simliklarning bargi. 6. Barg tomirlarining shoxlanishi nimaga bog‘liq? J: o‘simlikning turiga. 7. Ikki urug‘pallali o‘simliklarni barglari qanday tomirlangan? J: patsimon va panjasimon (to‘rsimon). 8. Bir urug‘pallali o‘simliklarning barglari qanday tomirlangan? J: parallel yoki yoysimon. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling