1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


Download 135.01 Kb.
bet8/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

14-§. POYANING BO‘YIGA O‘SISHI.

1. Novda nimani hisobiga o‘sadi va uzayadi? J: uchki kurtakdagi o‘sish konusi hujayralarni bo‘linishi hisobiga.


2. O‘sish konusini ko‘rish uchun nima qilish kerak? J: poya uchidagi kurtakning boshlang‘ich barglari yulib tashlash kerak.
3. O‘sish konusini mikroskop ostida ko‘rilsa nimani ko‘ramiz? J: yupqa qobiqli hujayralarni.
4. Yon novdaning urug‘dan qanday hosil bo‘lishini ayting? J: urug‘ning murtagidagi boshlang‘ich poyasidan asosiy poya о‘sib chiqadi va undan yon novdalar hosil bo‘ladi.
5. Poya qachon tez o‘sadi? J: poyaning o‘suvchi qismidagi hujayralar oziq moddalarga ko‘p bo‘lganda ya’ni bahorda.
6. Poyaning o‘sishi nimaga bog‘liq? J: uchki o‘sish nuqtasiga
7. 5 yoshli archaning bo‘yi qancha keladi? J: 10−15 sm.
8. Tok kabi ilashib o‘suvchi o‘simliklar bir yoz davomida qancha o‘sadi? J: 10 m.
9. O‘zbekistonda tez o‘sadigan daraxtlarga misol ayting? J: tol, terak, chinor, yong‘oq, gilos.
10. Sekin o‘sadigan daraxtlarga misol ayting? J: nok, do‘lana, qatrong‘i, pista va b.
11. Poyaning eniga o‘sishini nima ta’minlaydi? J: poyaning kambiy qavati.
12. Nima uchun yog‘ochlik lubga nisbatan yog‘on bo‘ladi? J: bo‘lingan kambiy hujayralarining ko‘p qismi yog‘ochlikka, kam qismi lubga o‘tganligi uchun.
13. Nimaga kambiy hujayralari bahorda yirik, yozda mayda bo‘lib bo‘linadi va kuzda bo‘linishdan to‘xtaydi? J: kambiy hujayralariga suv va unda erigan oziq moddalarining kelishi bahorda ko‘p, yozda kam, kuzda to‘xta-ganligi uchun.
14. Daraxtlar yoshi qanday aniqlanadi? J: yillik halqalarning soniga qarab.
15. Yillik halqa − ...? J: yog‘ochlikning bir yil davomida hosil bo‘lgan qavati.
16. Sekvoyadendronning pastki qismining yo‘g‘onligi qancha? J: 46 m.
17. Sekvoyadendronning bitta qubbasida nechta urug‘ bo‘ladi? J: 200 ta.
18. Sekvoyadendronning nechta urug‘ 1 kg keladi? J: 196000 ta.


15-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI.

1. Barg − ...? J: novdani yon vegetativ organi.


2. Bargni vazifalarni sanang? J: fotosintez, suv bug‘latish – transpiratsiya, gazlar almashinuvi va vegetativ ko‘payishga xizmat qiladi.
3. Barg qanday qismlardan tashkil topgan? J: barg yaprog‘i va barg bandi (ayrim o‘simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo‘ladi).
4. Bandsiz bargli o‘simliklarga misol? J: lola, shirach, gulsafsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi, saksovul, qandim.
5. Bandli bargli o‘simliklarga misol? J: olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o‘simliklarning bargi.
6. Barg tomirlarining shoxlanishi nimaga bog‘liq? J: o‘simlikning turiga.
7. Ikki urug‘pallali o‘simliklarni barglari qanday tomirlangan? J: patsimon va panjasimon (to‘rsimon).
8. Bir urug‘pallali o‘simliklarning barglari qanday tomirlangan? J: parallel yoki yoysimon.



Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling