1. O‘zbekistonda tabiiy holda tarqalgan o‘simliklarning necha turi bor? J: 4500


VII bob. YERDA O‘SIMLIKLAR DUNYOSINI RIVOJLANISHI


Download 135.01 Kb.
bet41/41
Sana13.12.2022
Hajmi135.01 Kb.
#999841
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
6-sinf biologiya

VII bob. YERDA O‘SIMLIKLAR DUNYOSINI RIVOJLANISHI.

1. Suvo‘tlar qachon yashnagan va hukmronlik qilgan? J: 570−510 million yillar oldin.


2. Dastlabki suvdan quruqlikka chiqqan o‘simliklar qayerda o‘sgan? J: dengiz sohilidagi sernam yerlarda.
3. Psilofit qachon va qayerdan topilgan? J: 1859-yilda Kanadadan.
4. Riniya qachon va qayerdan topilgan? J: 1912-yilda Shotlandiyadan.
5. Kuksoniyalar qachon va qayerdan topilgan? J: 1937-yilda Buyuk Britaniyadan.
6. Psilofit, riniya va kuksoniyalar tanasi qaysi qismlardan iborat bo‘lgan? J: ildiz va barglar bo‘lmagan, shoxlagan poya va shoxlar uchida sporangiylar.
7. Psilofit, riniya va kuksoniyalarning bo‘yi qancha bo‘lgan? J: 50-70 sm.
8. Psilofit, riniya va kuksoniyalarning poyasining yo‘g‘onligi qancha bo‘lgan? J: 5-10 sm.
9. Bundan 400-230 million yillar avval dastlabki quruqlikka chiqqan o‘simliklardan qaysi o‘simliklar paydo bo‘lgan? J: qirqbo‘g‘imlar va qirqquloqlar, plaunlar.
10. Dastlabki qirqquloqsimonlarning bo‘yini ayting? J: 25-30 m.
11. Dastlabki qirqquloqsimonlarning yo‘g‘onligini ayting? J: 1-1,5 m.
12. Ochiq urug‘li o‘simliklar qaysi o‘simliklardan paydo bo‘lgan? J: urug‘li qirqquloqlardan.
13. Ochiq urug‘li o‘simliklar qachon paydo bo‘lgan? J: 200 million yillar ilgari.
14. Yopiq urug‘li o‘simliklar qaysi o‘simliklardan paydo bo‘lgan? J: urug‘li qirqquloqlardan.
15. Yopiq urug‘li o‘simliklar qachon paydo bo‘lgan? J: 140 million yillar ilgari.
16. Urug‘li qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar qadimgi vakillari nimaga yo‘qolib ketgan? J: iqlim tobora quruqlashib borgani uchun.
17. Ochiq urug‘li o‘simliklarning bizgacha yetib kelgan vakillariga misol? J: qarag‘ay, qoraqarag‘ay, archa.
18. Ochiq urug‘li o‘simliklarning bizgacha yetib kelgan vakillari qayerlarda saqlanib qolgan? J: namlik biroz ko‘proq tushadigan shimoldagi o‘rmon zonasida va baland tog‘larda.
19. Qachondan yopiq urug‘li o‘simliklar yer yuzini egallay boshlagan? J: Bo‘r davridan boshlab.
Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling